- .bat - buyruqli fayl;
- .bak - matnli fayl nusxasi
- .dat - ma’lumotli fayl;
- .dbf - ma’lumotlar bazasining tezkor fayli.
- .xls – Excel dasturidagi fayl.
Xotira qurilmasida saqlanayotgan barcha fayllar ro’yxati katalogda joylashgan bo’ladi.
Katalog – yunoncha katologos - so’zidan olingan bo’lib, ro’yxat degan ma’noni bildiradi. Katalog –fayl nomlari va turlari joylashgan xotira qurilmasidagi maxsus joy. Har bir katalogda bir necha fayllar joylashishi mumkin, ammo diskdagi fayllarning har biri yagona katalogda qayd etilgan bo’ladi.
Kataloglar fayllar haqidagi axborotlarni saqlash uchungina emas, balki diskdagi yuzlab, ba’zan esa minglab fayllarni tartib bilan saqlash, saralash, ularni izlash va foydalanishda qulaylik yaratish uchun ham zarurdir. Kataloglar o’z nomiga ega bo’ladi. Katalog nomi 8 tagacha belgidan iborat bo’lishi mumkin. Kataloglar ichma-ich joylashgan bo’lishi mumkin. Agar bir katalog boshqa bir katalog ichida joylashgan bo’lsa, boshqa katalog ichida joylashgan katalog ichida joylashgan katalog unga nisbatan qism katalog deb yuritiladi. Bunday holda faylli sistema iyerarxik ko’rinishga ega bo’ladi, ya’ni turli darajadagi kataloglar saqlanadi.
Diskdagi barcha katalog va fayllar ro’yxati saqlanadigan katalog asosiy yoki ona kataloglar deb yuritiladi. Unda birinchi darajali kataloglar va alohida fayllar saqlanadi. Birinchi darajali katalogda esa ikkinchi darajali katalog va alohida fayllar saqlanishi mumkin. Har bir katalog darajalari bo’yicha joylashgan kataloglar uchun ona katalog bo’lishi mumkin:
asosiy katalog
Dostları ilə paylaş: |