Ii. Bob. Oqsillar klatsifikatsiyasi va uning xalq xo`jaligidagi ahamiyati


rasm. Tamaki mozaikasi virusining nukleoproteini to’rtlamchi strukturasining tashkil topishi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə6/13
tarix19.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#132799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Oqsillar arxitekturasidagi ierarxiya va oqsil strukturalari

7rasm. Tamaki mozaikasi virusining nukleoproteini to’rtlamchi strukturasining tashkil topishi. Оqsillarning izoelektrik nuktasi
Ma`lumki, oqsil zanjirida aminokislotalar amin va karboksil gruppalari orqali, peptid bog’i hosil qilib, birikkan, Ammo, oqsil molekulasida ma`lum miqdorda ishqor hususiyatli erkin amin gruppalar va kislota hususiyatiga ega bo’lgan erkin karboksil gruppalari bo’ladi. Оqsil molekulalarida shu gruppalarning mavjudligidan, ular ikki хil (+) va (-) zaryadli bo’lishiga olib keladi.
Agar oqsil molekulasida erkin amin gruppalarining soni erkin karboksil gruppalarini sonidan ko’p bo’lsa, u holda bunday oqsillarning umumiy zaryadi musbat (+) bo’ladi.

Agarda oqsil molekulasida erkin karboksil gruppalarining soni, erkin amin gruppalarining sonidan ko’p bo’lsa u holda oqsil molekulasining umumiy zaryadi (-) bo’ladi.

Bu yuqoridagi ikki holatda, (ya`ni oqsil molekulasining kation (+) holatli yoki anion (-) holatli) bo’lgan eritmaga o’tkazilgan oqsil moddalarga, su`niy ravishda biz ishqor yoki kislota qo’shish usuli bilan molekuladagi bitta amino gruppani yoki bitta karboksil gruppani neytrallash orqali ularni izoelektroneytral holatga keltirish mumkin.
Bunday izoelektroneytral holatga keltirilgan oqsil molekulasida erkin amin gruppalarining soni erkin karboksil gruppalarining soni bilan teng bo’ladi, ya`ni (-) va (+) zaryadlarning soni teng bo’ladi, bu holatda oqsil molekulasi eritmada elektroneytral bo’ladi.

Izoelektroneytral oqsilning umumiy zaryadi (О) ga teng bo’ladi. Bunday oqsillar eritmada tezda cho’kmaga tushadi. Bu quyida molekula ko’rinishda chizma orqali tasivirlangan.
Оqsil eritmasi muhit rN ni, ya`ni eritmadagi vodorod ionlari kontsentratsiyasini, o’zgartirish orqali oqsil tarkibidagi (+) va (-) zaryadlar nisbatini o’zgartirish mumkin.
Aminokislotalar muhitining (RN) 4dan – 11 gacha bo’lgan oralig’ida bipolyar ion ko’rinishiga, ya`ni dissotsiyalangan karboksil gruppasi (-) zaryadiga va oksidlangan (+) zaryadli amin gruppasiga ega bo’ladi. Aynan shu oraliqlarda oqsillarning izoelektrik no’qtalari namoyon bo’ladi.

Agar aminokislotaning radikal qismi neytral bo’lsa, aminokislotaning umumiy zaryadi 0 ga teng bo’ladi.
Agar shu muhitni kislotali sharoitga olib kelsak (suyultirilgan хlorid kislota qo’shsak) u holda oqsil eritmasini manfiy zaryadlari yoki erkin korboksil gruppalari neytrallanib, oqsil molekulasining umumiy zaryadi musbat bo’lib kation hususiyatga ega bo’ladi, aminokislota (+) zaryadlanadi.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin