Ii. Bob. Oqsillar klatsifikatsiyasi va uning xalq xo`jaligidagi ahamiyati



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə5/13
tarix19.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#132799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Oqsillar arxitekturasidagi ierarxiya va oqsil strukturalari

4-rasm. Оqsillarning oligomer strukturasi:
a). – ikkilamchi struktura, b). – uchlamchi struktura, v). – to’rtlamchi struktura.
Оqsillarning uchlamchi strukturasi dinamik holatda bo’lib, muhitning ta`siriga qarab o’zgarib turadi. Ulardagi chuqur o’zgarishlar oqsil malekulasi aktivligini butunlay yo’qolishiga olib keladi.

5-rasm. Polipeptid zanjiridagi aminokislotalar radikallari o’rtasidagi bog’lanish tiplari.
Оqsillarning to’rtlamchi strukturasi:- yirik malekulali oqsillar 2 ta va undan ortiq, ayrim hollarda ko’plab polipeptid zanjir, past molekulyar birikmalar, metall ionlaridan tashkil topgan biologik aktiv struktura holatida bo’ladi. Undagi har bir polipeptid zanjir protomer yoki kichik birlik deb ataladi.
Оqsillarning to’rtlamchi stpukturasi deyilganda, ana shunday kichik birliklardan tashkil topgan oqsil molekulalarining fazoviy konfiguratsiyasi tushiniladi. Hozirgi vaqtda 500 ziyod oqsillarning to’rtlamchi strukturasi aniqlangan. Ko’pincha molekulyar massasi 50-60 mingdan katta bo’lgan oqsillar to’rtlamchi strukturaga, molekulyar massasi undan kichik bo’lganlari asosan uchlamchi strukturaga ega bo’ladi.
To’rtlamchi strukturasi eng yaхshi o’rganilgan oqsillardan gemoglabin, immunoglobulin, laktatdegidrogenaza, glutamatdegidrogenaza, katalaza, tamaki mozaikasi virusiining oqsili va boshqalarni misol qilish mumkin.

6-rasm. Gemoglabinning to’rtlamchi strukturasi (oldida 2 ta gem guruh kislorod bilan birikkan holda ko’rsatilgan ).
Qondagi gemoglabin kislorodni tashuvchi bu murakkab oqsil to’rt subbirlikdan iborat bo’lib, alfa va betta polipeptid zanjirlar (globin)dan va oqsil bo’lmagan temir tutuvchi gemdan tashkil topgan. Bu ikkita alfa va betta subbirliklar to’planib biologik faol gemoglabin molekulasini tashkil qiladi. Bu to’la molekula ma`lum sharoitlarda, tuzlar ishtirokida yoki pH keskin o’zgarganda alfa va betta subbirliklar dissotsiyalanadi. Ular orasidagi vodorod bog’lar uziladi. Ammo aynan shu muhitdan tuzlar yoki ta`sir etuvchi pH omillar chetlatilgach qaytadan to’la molekula tiklanadi
(sintezlanadi).

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin