Bunda eritma muhiti RN-kislotali bo’ladi. Agar, oqsil eritmasiga ishqor eritmasi qo’shsak, u holda oqsil molekulasining musbat zaryadlari (erkin amin gruppalari) neytrallanib, oqsil molekulasining umumiy zaryadi manfiy, ya`ni anion holatga ega bo’ladi.
Bu eritmada esa muhit RN- ko’rsatkichi ishqoriy muhitni namoyon qiladi. Demak, aminokislotalar eritmasi muhitini o’zgartirish yo’li bilan kation (+), yoki anion holatlar (-) zaryadini saqlab qolish mumkin.
Aminokislotalarning zaryadi oqsillarning umumiy zaryadini belgilaydi. Tabiiy oqsillarning hammasi ma`lum bir aniq bo’lgan zaryadga ega bo’ladi. Tabiatda uchraydigan barcha biomateriallardagi oqsillar o’z vaqtida aniq bo’lgan zaryadga ega bo’lib, izoelektroneytral holatlarda uchramaydi.
Aminokislotalar zaryadini ma`lum RN muhitida neytrallash mumkin. Ana shu RN aminokislotalar izoelektrik nuktasi deyiladi.
Ba`zi oqsillarning izoelektrik no’qtalari. 3 –jadval.