mamlakatda kichik va o‘rta biznesni hamda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish;
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda kichik va o‘rta biznesni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarini hamda sohani rivojlantirish borasida fundamental to‘siq va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
kichik va o‘rta biznes subektlari toifasiga oid mezonlarni belgilovchi, shuningdek, ularning huquqlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari - yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, kreditlashning mavjud mexanizmlari va qo‘llab-quvvatlash vositalari orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara beruvchi yo‘nalish va loyihalarni amalga oshirish;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg’armasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va uni samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish;
5.Sanoatning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish - yagona industrial siyosatni yuritish borasida:
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilishni, shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyg ‘unligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirish strategiyalarini (modellarini) ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va aholini yoqilg ‘i-energetika resurslari bilan bozor mexanizmlari asosida uzluksiz ta’minlashga qaratilgan strategiyani va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
asosiy sanoat tarmoqlari va yirik korxonalarni isloh qilish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
sanoat tarmoqlarining rivojlanish darajasini monitoring qilib borishda xalqaro tajribada keng qo‘llaniladigan asosiy indikatorlarni aniqlash, “yashil iqtisodiyot” hamda energiya samaradorlikning asosiy prinsiplari va usullarini amaliyotga joriy etish va monitoring qilish uslubiyotini ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika sanoat korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, hajmlari, ichki bozor talabining qondirilish darajasi bo‘yicha hamda ichki va tashqi bozorlarda muhim sanoat mahsulotlari narxlarining o‘zgarish tendensiyalari bo‘yicha tahlillar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini tashkil etish;