makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish va iqtisodiyotning real sektori holati, ichki va tashqi bozorlar konyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bog’liq holda iqtisodiyotning asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish;
iqtisodiyotning real sektoridagi holatni oldindan baholashning zamonaviy indikatorlarini ishlab chiqish va samarali foydalanish tizimini joriy etish;
inson kapitalini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, zarur infratuzilmani shakllantirishga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning konseptual yo‘nalish va vazifalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, iqtisodiyot va moliya vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan inflyatsiya darajasini pasaytirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya, savdo va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan eksportni qo‘llab-quvvatlash, eksport va importda tarif va notarif tartibga solish siyosatlarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasida ko‘zda tutilgan tadbirlar va islohotlar amalga oshirilishining mehnat unumdorligi, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash hajmlarining o‘sishiga, ish o‘rinlarining yaratilishiga ta’sirini baholash va tegishli takliflar ishlab chiqish7;