Ii bob. Yarimo'tkazgichlarda kontakt hodisalar



Yüklə 319,38 Kb.
səhifə11/11
tarix12.12.2022
ölçüsü319,38 Kb.
#73936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
JXuc5nDujBJovIifjQnoECJ4idbbtwnFegY3sbVj-extracted (2)

2.8-rasm. p-n o'tishning volt-farada xarakteristikasi.


dU


I= J(U)+C,>-
dt '


(2.17)

bu yerda: l(U) - statik YAXdan aniqlanadigan tok, CD= CH+ CD/I·-
ko'rinishga ega bo'lib, u p-n o'tish sig'imini ifodalaydi.
(2. I 7)dan foydalanib, Ci U) sig'im qiymatlarini bilgan hoIda kuchlanishning turli o'zgarish tezliklari dU / dt uchun, ya'ni turli
chastotalar uchun I= f(U,dU I dt) xarakteristikalar oilasini qurish mumkin.
    1. Metall-yarimo'tkazgich o'tishlar


Yarimo'tkazgich asboblaming p-va n- sohalaridan elektrodlarchiqarish uchun mctall-yarimo'tkazgich kontaktlardan foydalaniladi. Bunday kontaktlar to'ftrilovchi yoki omik (Om qonuniga bo'ysunuvchi) xususiyatga ega bo'lishi mumkin. Ular yarimo'tkazgichning o'tkazuvchanlik turiga, kiritmalar konsentratsiyasiga, elektronlaming yarimo'tkazgich va metalldan chiqishishlari nisbatiga bog'liq holda hosil qilinadi.

To'g'ri yo'nalishdagi qarshiligi teskari yo'nalishdagisidan kichik bo'lgan va nochiziqli VAX (2.3, b-rasm)ga ega kontakt to'g'rilovchi kontakt deb ataladi. Qarshiligi kontaktdan o'tayotgan tok qiymati va yo'nalishiga bog'liq bo'lmagan kontaktlar omik kontakt deyiladi. Metalldan yoki yarimo'tkazgichdan elektronni tortib olish uchun sarflanadigan ish miqdori chiqish ishi deb yuritiladi va u elektron-volt (eY) birliklarda o'lchanadi, I eY= 1,60 · 10-19 Dj.
To'g'rilovchi kontaktlar. Metal! bilan n - turli yarimo'tkazgich orasida to'g'rilovchi kontakt hosil qilish uchun elektronlarning
yarimo'tkazgichdan chiqish ishi Ay40. metallarniki Aundan kichik
bo'lmog'i lozim. Bunda AMET > AtAo· bo'lgani uchun kontakt sohasidagi yarimo'tkazgichdan elektronlar metalga ko'proq
diffuziyalanadi, natijada metalning kontakt sohalari manfiy zaryadlanadi. Yarimo'tkazgichning chegaradosh sohasida esa asosiy zaryad tashuvchilar soni kamayib, qo'zg'almas donor ionlar hisobiga musbat zaryadlangan qatlam hosil bo'ladi. Manfiy va musbat qatlamlar hisobiga elektr maydon va potensial to'siq hosil bo'ladi. Yarimo'tkazgichning solishtirrna qarshiligi metalnikiga qaraganda yuqori bo'lgani uchun hosil bo'lgan elektr o'tish (metall - yarimo'tkazgich) asosan yarimo'tkazgich sohasida joylashadi.
Muvozant holatda n - yarimo'tkazgichning elektronlari uchun potensial to'siq balandligini belgilovchi kontakt potensiallar farqi, chiqish ishlar farqiga teng bo'ladi
uSHK = ( AMET- AYAO') I q.
Barer balandligini nazariy aniqlash ancha murakkab bo'lgani sababli amaliyotda tajriba natijalaridan foydalaniladi. Masalan, n turdagi kremniyning oltin bilan hosil qilgan kontakt potensiallar farqi UsHK=0,78eV ni, aluminiy bilan esa UsHK=0,72eY ni tashkil etadi.
Metall n yarimo'tkazgich asosidagi kontaktning muvozanat holatdagi kengligi, keskin p-n o'tishniki kabi, (2.2) formulada UK ni UsHK ga o'zgartirib topilishi mumkin.
Agar tashqi kuchlanish manbayining musbat elektrodi metallga,
manfiy elektrodi esa n yarimo'tkazgichga ulansa (to'g'ri siljitish), elektronlarni yarimo'tkazgichdan metallga o'tishiga to'sqinlik qiluvchi potensial to'siq qU0 ga proporsional kamayadi. Bunda



www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 319,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin