Ii bob. Yarimo'tkazgichlarda kontakt hodisalar


-rasm. Ideallashtirilgan (uzluksiz chiziq) hamda real (punktir chiziq) p-n o'tishning YAXi



Yüklə 319,38 Kb.
səhifə6/11
tarix12.12.2022
ölçüsü319,38 Kb.
#73936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
JXuc5nDujBJovIifjQnoECJ4idbbtwnFegY3sbVj-extracted (2)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • VAXga
2.5-rasm. Ideallashtirilgan (uzluksiz chiziq) hamda real (punktir chiziq) p-n o'tishning YAXi (a) va uning temperatura bilan o'zgarishi (b).

Ideal p-n o'tishning VAXi (2.9) tenglama bilan aniqlanadi. Sunday p-n o'tishning p- va n-sohalari hajmiy qarshiligi nolga teng, p-n o'tishdan tok o'tganda generatsiya - rekombinatsiya jarayoni bilan bog'liq muvozanat buzilmaydi va to'g'ri siljitilganda [0 to'yinish toki qiymati


o'zgarmaydi deb hisoblanadi. Real p-n o'tishlarda p- va n-sohalar
ma'lum qarshilik rh ga ega va u o'nlarcha Omni tashkil etadi. Shuning uchun (2.9) formulaga p-n o'tishga qo'yilgan kuchlanish bilan unga tashqaridan berilgan U0 kuchlanish farqini hisobga oluvchi tuzatish kiritiladi. Ushbu tuzatishni e'tiborga olgan holda (2.9)ni quyidagicha yozish mumkin:


0
I = 1 [expqr(U ; rJ\))_-1l


(2.10)

' I _I
36


0
Injeksiya jarayonida / tok qiymatini belgilovchi noasosiy zaryad
tashuvchilar konsentratsiyasi ortadi. Bu o'z navbatida p-n o'tishdan o'tayotgan natijalovchi tokni kamaytiradi. Ushbu ikki omil hisobiga p-n o'tishdan oqayotgan to'g'ri tokning kuchlanishga bog'liqligi ideallashtirilgan xarakteristikadagiga qaraganda kamayadi (2.5, a­ rasmda punktir chiziq).
p-n o'tishga teskari siljitish berilganda uning VAXi teskari shaxobchasida ham farq kuzatiladi. Teskari kuchlanish qiymati ortgan sari p-n o'tish kengligi ham ortadi. Natijada issiqlik generatsiyasi hisobiga p-n o'tishda generatsiyalanayotgan elektron-kovak juftliklari soni ortadi. Demak, teskari tok qiymati ham ortadi (2.5, a-rasmda punktir chiziq).
Eksponensial tashkil etuvchi exp[qU0 I kT] temperatura ortishi bilan
kamayishiga qaramasdan, VAXning to'g'ri shaxobchasi tikligi temperatura bilan ortadi (2.5, b-rasn ). Bu /11ning temperaturaga kuchliroq bog'liqligi bilan belgilanadi. Natijada berilgan to'g'ri kuchlanishlarda temperatura ortishi bilan tok ortadi. Amalda temperaturaning VAXga ta'siri kuchlanishning temperatura koeffitsienti (KTK) deb ataluvchi parametr bilan baholanadi. KTKni aniqlash uchun tokning o'zgarmas qiymatida temperatura oshiriladi va p-n o'tishdagi kuchlanish qiymati o'Ichanadi. Odatda KTK manfiy ishoraga ega, ya'ni temperatura ortishi bilan p-n o'tishdagi kuchlanish kamayadi. Kremniyli p-n o'tishlar uchun KTK -2 mV/grad ni tashkil etadi.


    1. p-n o'tishning teshilish turlari

Teskari ulangan p-n o'tish tokining keskin ortishiga mos keluvchi kuchlanish teshilish kuchlanishi UTESH deb ataladi. Teshilishning ikki xii mexanizmi mavjud: elektr va issiqlik. Ikkala holda ham tokning keskin o'sishi p-n o'tish sohasida EZTlarning qo'shimcha generatsiyasi bilan bog'liq. Elektr teshilishda zaryad tashuvchilar soni kuchli elektr maydon ta'sirida, issiqlik teshilishda esa - atomlarda bo'ladigan termik generatsiya hisobiga ortadi.

Yüklə 319,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin