2.7-rasm. Teskari kuchlanish berilganda
p+-n+ - o'tishning energetik diagrammasi.
generatsiyalanish jadalligi rekombinatsiyalanish jadalligiga nisbatan ancha yuqori. Teskari kuchlanish ortishi bilan tunnellashuv intervali (oralig'i) va undagi elektronlar soni ortishi hisobiga tunnel tok keskin ortadi.
Tunnel teshilish teskari tokining teskari kuchlanish
UTEsK ga bog'liqligi ko'chkili teshilishdagiga o'xshash bo'lib (2.5-rasm), tikligi kichikroqdir.
p-n o'tishning
issiqlik teshilishi undan teskari tok oqqanida issiqlik
yetarlicha sochilmasligi natijasida
p-n o'tish qizib ketishi hisobiga yuz beradi. Qizish teskari tok qiymatini oshiradi, natijada
p-n o'tish yanada ko'proq qiziydi, oqibatda
p-n o'tish ishdan chiqadi.
p-n o'tishning clektr parametrlari
p-n o'tishning differensial qarshiligi va sig'imi uning muhim elektr parametrlari hisoblanadi.
Differensial qarshilik. U
p-n o'tishning kichik amplitudali
o'zgaruvchan tokka ko'rsatgan aktiv qarshiligiga ekvivalent