Ii bop. Atmosferadagi optik hodisalarning turlari


I BOP. TABIAT VA EKOLOGIYA



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə3/15
tarix27.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#103543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Atmosferadagi optik hodisalarning turlari

I BOP. TABIAT VA EKOLOGIYA

    1. Tabiat va ekologiya

Tabiat atamasi keng maʼnoda fizik, material olamni bildiradi. Kundalik turmushda „tabiat“ soʻzi ostida odam taʼsiri ostida koʻp boʻlmagan atrof-muhit va undagi hayot (yovvoyi tabiat) nazarda tutiladi. Birinchi holda tabiatni umuman fan, ikkinchi holda esa tabiatshunoslik oʻrganadi. Bunda tabiat subatomdan galaktik miqyoslarga boʻlib koʻriladi.
Odamning tabiatga munosabati tarixda oʻzgarib va rivojlanib bordi. Antik falsafada tabiatga stixiyali kuchlar (Demokrit), ideal dunyoning inʼikosi (Platon), uygʻun jarayon (Pifagor), mukammallik (Aristotel) deb qaralgan. Diniy taʼlimotlarda tabiat ruhiy ibtidoning moddiy gavdalanishi deb xisoblangan va xudo tabiatdan yuqori turadi deb tushunilgan. Uygʻonish davrida tabiatga hamma tabiiy uygʻunlik va mukammallikning yuzaga chiqishi sifatida karaldi. Yangi davrda tabiatga boʻlgan munosabat tabiatning ilmiy oʻrganish obʼyektiga aylanishida katta rol oʻynadi.
Tabiat obʼyekti fazo va vaqtda mavjud modda, materiyadir. Ular cheksiz maʼlum narsalarning (elementar zarralar, antizarralar, qum, tosh, tuproq, suv, havo, jonsiz va jonli mavjudot, planetalar, yulduzlar, galaktikalar va boshqa samoviy jismlar, fizik maydonlar) majmuidan iboratdir. Bir vaqtlar (fanning soʻnggi maʼlumotlari boʻyicha bundan 20 milliard yil avval) bu jismlar boshqa koʻrinishda boʻlgan. Boʻlajak milliard yillarda u yana oʻzgarib boradi. Tabiat odamning, jamiyatning vatani. Odamning hayoti tabiatning, biosferaning uygʻun sharoitiga bogʻliq. Bu sharoit salbiy tomonga oʻzgartirilsa, odamning normal yashashiga putur yetkaziladi, ekologik muammolar paydo boʻladi. Ilmiy-texnika yutuqlaridan notoʻgʻri foydalanish — biosferaning buzilishiga olib keladi. Binobarin tabiatni puxta bilib, undan samarali foydalanish, unga toʻgʻri va oqilona munosabatda boʻlish lozim (qarang Tabiatni muhofaza qilish). Insonning tabiatga bunday munosabatda boʻlishida fan asosiy omil boʻlib kelmoqda. Yer va koinotda insonning faoliyati faollashmoqda.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin