10-BOB. TO„G„RIDAN-TO„G„RI SHARTNOMALAR BO„YICHA AMALGA OSHIRILADIGAN DAVLAT XARIDLARI 10.1. To„g„ridan-to’g’ri shartnomalar bo„yicha davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi Togridan-togri shartnomalar boyicha davlat xaridlari quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi; Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar bo‗yicha amalga oshiriladigan tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridi; favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida Ozbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
sud muhokamasida ishtirok etish uchun advokatni (vakilni) tayinlash bilan bogliq bolgan davlat xaridi;
ilm-fan, adabiyot va san‘at asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‗rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‗rsatuvlari yoki eshittirishlari kabi intellektual faoliyat natijalarining mazkur intellektual mulk ob‘ektlariga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‗lgan yagona shaxsdan davlat xaridi; narxi (tarifi) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi.
Davlat buyurtmachilari togridan-to‗g‗ri shartnomalar tuzilganligi to‗g‗risidagi axborotni shartnoma tuzilgan paytdan e‘tiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirishi shart. Togridan-togri shartnomalar tuzilganligi to‗g‗risidagi axborot maxsus axborot portaliga joylashtirilmagan bo‗lsa, ushbu shartnomalar boyicha tolovlar amalga oshirilmaydi. Davlat buyurtmachisi ushbu moddada nazarda tutilgan davlat xaridlarini amalga oshirish chog‗ida xarid qilish tartib-taomillarining boshqa raqobatli turlaridan ham Qonun talablariga muvofiq foydalanishi mumkin.
Qonunda belgilangan tartibda yagona yetkazib beruvchi deb topilgan va Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchisi yagona yetkazib beruvchidir. Yagona yetkazib beruvchidan tovar (ish, xizmat) olish zarur bolgan taqdirda, yetkazib beruvchi hamda davlat buyurtmachisi ortasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnoma tuziladi va bu shartnoma togrisidagi axborot u tuzilgan paytdan e‘tiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirilishi lozim. Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi quyidagi alohida hollarda amalga oshiriladi:
bozorda muqobillari bo‗lmagan va faqat yagona yetkazib beruvchidan olish mumkin bo‗lgan texnik jihatdan murakkab tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
madaniy qimmatliklarni olish;
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida yoki O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yagona yetkazib beruvchi sifatida belgilangan sub‘ektlardan davlat xaridlari;
tabiiy monopoliya sub‘ekti tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) davlat xaridi;
oz vakolatlariga muvofiq faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yoki ularning tasarrufidagi davlat muassasalari va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‗lgan ishlarga yoki korsatilishi mumkin bo‗lgan xizmatlarga ehtiyoj paydo bolishi.