Ii qism. Davlat xaridlarini amalga oshrishning tartib-taomillari 6-bob. Elektron do„kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi


Tender ishtirokchilarining takliflarini berish, takliflarini ko„rib chiqish va baholash tartibi



Yüklə 55,93 Kb.
səhifə10/14
tarix24.10.2023
ölçüsü55,93 Kb.
#160616
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
DAV.XAR.Full

9.3. Tender ishtirokchilarining takliflarini berish, takliflarini ko„rib chiqish va baholash tartibi
Tender ishtirokchisi faqat bitta taklif berishga haqli. Tenderda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki hech kim ishtirok etmagan bo‗lsa, tender o’tkazilmagan deb topiladi. Tender ishtirokchilarining takliflarini ko‗rib chiqish va baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan e‘tiboran qirq besh ish kunidan oshishi mumkin emas. E‘londa tender o‗tkazish vaqti sifatida ko‗rsatilgan vaqtda xarid komissiyasi tender ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan takliflar solingan konvertlarni takliflarni baholash uchun ochadi. Agar takliflar solingan konvertlar belgilangan vaqtda ochilmagan bo‗lsa, davlat buyurtmachisi tender ishtirokchilariga ushbu holat yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish bergan holda, takliflar solingan konvertlar ochiladigan vaqt haqida xabarnoma yuborilishini va davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtirilishini ta‘minlaydi. Bunda takliflar solingan konvertlar ochiladigan dastlabki belgilangan vaqt va keyingi vaqt oralig’idagi muddat besh ish kunidan oshmasligi kerak.
ochish jarayoni vaqtida davlat buyurtmachisi tomonidan videoyozuv amalga oshiriladi hamda konvertlarni ochish jarayonida ishtirokchilarning taqdim etgan barcha hujjatlari va tijorat taklifining narxi o’qib eshittiriladi, bundan tender elektron shaklda o’tkaziladigan hollar mustasno.
Birinchi bosqichda tender ishtirokchisi taklifining texnik qismini baholash amalga oshiriladi. Xarid komissiyasining tender taklifining texnik qismini baholash bo‗yicha qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomada tenderning birinchi bosqichini baholash yakunlari ko‗rsatiladi. Tenderning ikkinchi bosqichi tenderning birinchi bosqichidan o‗tgan kamida ikki nafar ishtirokchining takliflari mavjud bo’lganda o’tkaziladi. Tenderning ikkinchi bosqichida taklifning narxga oid qismi ochiladi va baholanadi. Xarid komissiyasining tender taklifining narxga oid qismini baholash bo‗yicha qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomada tenderning ikkinchi bosqichi g‗olibi aniqlanadi. Tenderda ishtirokchilarning narxi boshlang‗ich narxdan yuqori bo‗lgan takliflari xarid komissiyasi tomonidan rad etiladi va baholanmaydi. Tender ishtirokchisining vakolatli vakili takliflar solingan konvertlarni ochish tartib-taomilida ishtirok etishga haqli.
Takliflarni ko’rib chiqish natijalari bo‗yicha:
 birinchi bosqichda
- agar xarid komissiyasi barcha takliflarni rad etgan bo‗lsa yoki faqat bitta taklif tender bo‗yicha xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq kelsa;
 ikkinchi bosqichda
- agar xarid komissiyasi barcha takliflarni rad etgan bo’lsa, tender o’tkazilmagan deb topiladi.
Tender bir bosqichda o‗tkazilganda, agar xarid komissiyasi barcha takliflarni rad etgan bo‗lsa yoki faqat bitta taklif tender bo’yicha xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq kelsa, tender o’tkazilmagan deb topiladi. Tender bo‗yicha xarid qilish hujjatlarida va taklifda ko‗rsatilgan mezonlar asosida shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlarini taklif qilgan tender ishtirokchisi g’olib deb topiladi. Agar tender bo’yicha xarid qilish hujjatlarida tenderning har bir tovari (ishi, xizmati) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi sifatida ko’rib chiqilishi nazarda tutilgan bo‗lsa, xarid komissiyasi g’olibni tenderning har bir predmeti bo‗yicha aniqlaydi. Takliflarni ko’rib chiqish va baholash natijalari takliflarni ko’rib chiqish hamda baholash bayonnomasida qayd etiladi.
Takliflarni ko‗rib chiqish va baholash bayonnomasida quyidagi axborot bo‗lishi kerak:
 tender takliflari ko‗rib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt to‗g‗risidagi;
 hozir bo‗lgan xarid komissiyasi a‘zolarining va tender ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi haqidagi;
 takliflari ko‗rib chiqilgan tender ishtirokchilari to‗g‗risidagi;
 takliflari ularni rad etishning aniq sabablari ko‗rsatilgan holda rad etilgan tender ishtirokchilari haqidagi;
 tender g‗olibi to‗g‗risida qabul qilingan qaror haqidagi;
 tender g‗olibining nomi (yuridik shaxs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaxs uchun), turgan joyi (pochta manzili). Tender bosqichlarida takliflarni ko‗rib chiqish va baholash bayonnomasi xarid komissiyasining hozir bo‗lgan barcha a‘zolari tomonidan imzolanadi hamda undan olingan ko‗chirma bayonnoma imzolangan kundan e‘tiboran uch ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimida e‘lon qilinadi.



Yüklə 55,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin