Elektr tokidan saqlanish va shaxsiy himoya vositalari. Elektr tokidan himoya qilish vositalari asosiy va qo‘shimcha vositalarga bo‘linadi.
Asosiy vositalarga 1000 V dan ortiq kuchlanishli elektr moslamalariga xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan izolatsiyali shtangalar, tok o‘lchovchi kleshalar, kuchla-nishni ko‘rsatuvchi asboblar, himoyalovchi qurilmalar va turli ko‘rinishdagi jihozlar hamda moslamalar kiradi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr moslamalariga xizmat ko‘rsatayotganda esa izolatsiya qilingan dastlabki asboblar: buragichlar, ombir va tishlagichlar, dielektrik qo‘lqoplar hamda izolatsiyalangan kleshalardan foydalaniladi.
Qo‘shimcha vositalarga kuchlanish 1000 V dan ortiq bo‘lganda ishlatiladigan dielektrik etiklar, kalishlar, to‘shamalar va izola-tsiyalangan tagliklar kiradi.
Tarmoqdagi yoki elektr qurilmalarining kuchlanishini tekshirishda quyidagi asboblardan foydalaniladi:
– 500V gacha kuchlanishga ega elektr tarmoqlaridagi kuchlanish TI-2, MIN-1, UIN-10, IN-92 rusumli asboblar yordamida aniqlanadi.
– 1000 V dan yuqori kuchlanishga ega elektr tarmoqlari va qurilmalarini tekshirishda neon chiroqli indikatorlardan foydalaniladi. 10 kV gacha bo‘lgan elektr o‘tkazgichlardagi kuchlanishni tekshirishda tok o‘lchovchi kleshalar ishlatiladi.
Bulardan tashqari, elektr tokidan himoya qilish vositalariga belbog‘lar, bog‘ichli kovushlar, muhofaza arqonlari, teleskopli minoralar va narvonlar ham kiradi. Belbog‘lar 225 kg, kovushlar esa 135 kg yuk bilan 5 daqiqa davomida sinab ko‘rilgach, foydalanishga ruxsat etiladi.
Elektr xavfsizligini ta’minlashda ko‘rgazmali belgilar («рlаkаtlar») ham muhim rol o‘ynaydi. Ular asosan to‘rt guruhga bo‘linadi, уa’ni hushyorlikka chaqiruvchi, ruxsat beruvchi, taqiqlovchi va eslatuvchi belgilar.
Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.Insonlarni kuchlanish ostidagi mashina, mexanizm va qurilmalarning tok o‘tkazuvchi qismlariga tegishi muskulni ixtiyorsiz ravishda qisqarishiga olib keladi va bu holatdan jarohatlangan shaxsning o‘zi chiqa olmaydi. Bunday holatda birinchi navbatda elektr tokini ajratish talab etiladi. Agar elektr shkaflari uzoqda joylashgan bo‘lsa, elektr simini quruq yog‘och dastali bolta yoki boshqa jihoz bilan uzish lozim. Elektr toki ajratilgach jarohatlangan shaxsni qulay va yumshoq o‘rindiqqa yotqizish va puls urishini, nafas olishini, ko‘z qorachig‘i holatini tekshirish hamda bir vaqtda shifokorga xabar berish zarur. Jarohatlangan kishi hushsiz yoki hushida bo‘lishi, lekin puls urishi va nafas olishi mavjud bo‘lishi mumkin. Agar puls urishi va nafas olishi mavjud bo‘lib, и hushida bo‘lmasa, kiyimlarini yechish, toza havo kirishini ta’minlash, yuziga suv purkash va tanasini isitish kerak. Jarohatlangan shaxs hushsiz bo‘lib, puls urishi va nafas olishi sezilmasa, unga sun'iy nafas berish hamda yuragini massaj qilish kеrak.
Sun‘iy nafas «og‘izdan og‘izga» yoki «og‘izdan burunga» berilishi mumkin. Bu usullar boshqa usullarga nisbatan samarali usul hisoblanadi. Unda jarohatlangan
shaxsning o‘pkasiga boshqa usullarga nisbatan 4 barobar ko‘р havo yuboriladi. Sun’iy nafas berishdan oldin jarohatlangan shaxs yelka tomoni bilan yotqizilishi, undagi siqib turgan kiyimlar, galstuk, sharf va shu kabilar yechilishi, og‘iz ko‘piklardan tozalanishi kerak. Agar og‘iz qattiq yopiq bo‘lsa, ikkala qo‘lning to‘rt barmog‘ini jarohatlangan shaxsning boshi orqasiga qo‘yib, ikkala bosh barmoq bilan og‘zini ochish kerak. Keyin chuqur nafas olib, og‘izni og‘izga qo‘yib, jarohatlangan shaxsning burnini qisib kuchli havo puflash lozim. Havo puflashda marli, ro‘molcha yoki maxsus nafas olish trubkasidan foydalanish mumkin. Sun’iy nafas berish chastotasi minutiga 10–12 marta bo‘lishi kerak. Agar jarohatlangan shaxsning ko‘z qorachig‘i kengaygan va puls urishi sezilmasa, uning qon aylanishini tiklash maqsadida sun’iy nafas berish bilan birgalikda yurakni massaj qilish lozim. Massaj qilishda o‘ng qo‘lning kafti jarohatlangan shaxsning ko‘kragiga qo‘yiladi va tez-tez (minutiga 60 marta) bоsiladi. Tananing pastki qismlari joylashgan vеnа qon tomirlaridagi qonni yurakka kelishini tezlatish maqsadida oyoqni 0,5 m gacha yuqoriga ko‘tarib qo‘yish mumkin. Agar bu yordamlarni bir kishi bajarayotgan bo‘lsа 2–3 marta sun’iy nafas bergach, 10–12 marta yurakni tashqi massaj qilish tavsiya etiladi. Jarohatlangan shaxsning o‘ziga kelganini nafas olishini tiklanishi, rangini qizarishi, ko‘z qorachig‘ini qisqarishi kabi belgilardan bilib olish mumkin. Buni tekshirish uchun massajni 2–3 sek to‘xtatib turish mumkin. Agar jarohatlangan shaxsda o‘ziga kelish holatlari kuzatilmasa, sun'iy nafas berish va yurak massajini shifokor kelgunga qadar davom ettirish kerak.