Iii bob. Mehnat muhofazasi va havfsizlik texnikasi



Yüklə 343,27 Kb.
səhifə2/13
tarix31.05.2022
ölçüsü343,27 Kb.
#60232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
III BOB

Gipodinamiya – (gipo qon va grekchadan dinamic – kuch) inson organizmi (qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, tayanch-harakat apparati) funksiyalari harakat qilish faolligining cheklanganligi, mushaklar qisqarishi kuchining pasayishi natijasida buzilishidir. Ko’pincha revmatik og’riqlar va varikoz paydo bo’ladi.
Oldini olish uchun:
- kompyuter bilan ishlash vaqtida tez-tez gavda holatini o’zgartirib turing;
- miriqib kerishing;
- stol tagida oyoqlar holatini o’zgartirib turishni unutmang;
- telefonni o’zingizdan uzoqroq joyga qo’ying;
- mabodo, kofe, choy yoki boshqa ichimlik ichmoqchi bo’lsangiz, aslo kompyuter oldida ichmang, buning uchun qulay bo’lgan boshqa joyga o’ting;
- vaqt-vaqti bilan turib, shunchaki sayr qilishga erinmang;
- ish vaqtida deraza oynasi yoniga kelib, ko’chani tomosha qilib turishni odat qiling, bu har tomonlama foydalidir.
Mehnat faoliyatining turli ko’rinishlarini kompyuterlashtirish Rossiyaga nisbatan avvalroq rivojlana boshlagan va kompyuter bilan ishlaydigan xodimlarning salomatligini kuzatish bo’yicha etarlicha tajriba to’plagan AQSH olimlarining ma’lumotlariga ko’ra, kompyuter operatorlari uchun tayanch – harakat apparati va qo’llarning perifirik asab sistemasi kasallanishi asosiy muammo bo’lib qolmoqda. AQSH mehnat statistikasi Byurosining ma’lumotlariga ko’ra, 1981 yilda tayanch-harakat apparatining yuqori qismi, yani qo’l-panja kasalliklari kasbiy kasalliklar umumiy sonining atigi 18% ni tashkil etgan. Lekin 80 yillar davomida, yahni kompyuterlashtirish g’oyat tez sur’atlarda o’sib borgan 10 yil ichida, bu kasallik shu qadar ko’payib ketdi-ki, 1989 yilda butun kasbiy patologiya strukturasining 52 % ini tashkil etdi. Bir necha ming AQSH aloqa xodimlari uyushmasi azolarining salomatligini o’rganib borish natijasida ularning 20% ga yaqini surunkali ravishda kasbiy qo’l-panja kasalliklaridan aziyat chekishlari ma’lum bo’ldi. Amerika Qo’shma SHtatlarining bir qator kompaniyalari tendovaginit, ligamentit (karpal kanal sindromi), shuningdek, qo’llarning muntazam ravishda og’rishigina emas, balki mehnat qobiliyatini yo’qotishgacha olib keladigan boshqa paylar yallig’lanishi kasalliklariga duchor bo’lgan bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish maqsadida bir necha million dollar zarar ko’rmoqda”, (Gun G.E.–kompyuter: Sog’liqni saqlash yo’llari, Moskva. 2002-y).
Nur tarqatishlar. Nur tarqatish – bu kompyuter bilan ishlashda uchraydigan zararli faktordir. Kompyuter texnikasining asosiy kamchiligi – nur tarqatishdir. Nur tarqatishning kattagina qismi monitorga to’g’ri keladi, chunki monitor har
Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o'chirish tartiblari mavjud. Avvalambor, kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin. Lekin quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz, bu dardlarni chetlab o’tishingiz mumkin:

  • Monitordan 40-50 sm masofada bo’ling;

  • Sifatli himoyasi bo’lgan yaxshi monitor sotib oling;

  • Monitoringizdagi tasvir etarli darajada aniq bo’lsin;

  • Tez-tez nam latta bilan kompyuterni artib turing, chunki chang, ayniqsa monitordagi chang nurni o’zida to’plash qobiliyatiga ega;

  • Havo ionizatorlaridan foydalaning.


Yüklə 343,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin