Iii bob nafas a`zolarining nur diagnostikasi



Yüklə 465,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü465,86 Kb.
#193141
  1   2
2.ilesov-t.n. -klinik-radiologiya-asoslari-3-bob



97 
III BOB NAFAS A`ZOLARINING NUR DIAGNOSTIKASI 
Rentgen va boshqa nurlarning diagnostikada qo‘llanilishi ko‘krak qafasi a`zolarini funksional va 
morfologik jihatdan o‘rganishda, kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlashda zamonaviy pulmonologiyaning 
rivojlanishiga katta xissa qo‘shdi. Hozir klinikada nafas a`zolarini rentgenologik va nur qo‘llanadigan boshqa 
usullar bilan tekshirish katta ahamiyatga ega, chunki ular ko‘p hollarda, tashhisni aniqlashda hal qiluvchi rol 
o‘ynaydi. Kasallikning umumiy rentgen diagnostikasi turli intensivlikka ega bo‘lgan soya yoki yorug‘likni o‘pka 
va ko‘ks oralig‘ida aniqlashga asoslanib, bir patologik jarayonni ikkinchisidan farq qilishga imkon beradi. 
Ko‘krak kafasi a`zolari anatomik tuzilishiga ko‘ra suyak negizi va yumshoq to‘qimalardan tashkil toptan. 
A`zolar zichlanishi va nurlarni o‘tkazishiga qarab turlicha soya yoki yorishish beradi. Shuiing uchun ko‘krak 
qafasi a`zolarini rentgen nurlari bilan tekshirilganda o‘pkaning yoritilgan fonida suyak skeleti, yurak va katta 
tomirlar, diafragma yaxshi ko‘rinadi. 
O‘pka yumshoq to‘qimadan tuzilgani va ichida havo borligi sababli unda rentgen nurlari singimasdan oson 
o‘tadi va hosil bo‘lgan yorug‘ fonda turli zichlanishga ega tuzilmalar soya beradi va ular atrofidagi baquvvat 
to‘qimalardan ajralib turadi. 
Ko‘krak qafasining suyak skeleti birmuncha zich bo‘lgani uchun undan rentgen nurlari kamroq o‘tadi, щu 
sababdan rentgenologik usullar bilan tekshirganda ular turli intensivlikka ega bo‘lgan soya holida ko‘rinadi, bu 
suyakning tuzilishiga bog‘liq. 
Shunday qilib, muskullar va teri bilan qoplangan ko‘krak qafasining suyak skeleti, havosi bor o‘pka bilan 
o‘ralgan yurak va yirik tomirlar tabiiy kontrast hosil qiladi, bu ularni turli rentgenologik usullar bilan tekshirish va 
o‘rganishga imkon beradi. 
KO‘KRAK QAFASI A`ZOLARINI NURLAR BILAN TEKSHIRISH USULLARI 
Ko‘krak qafasi a`zolarini zamonaviy tekshirish usullarini kuyidagi guruhlarga bo‘lish maqsadga 
muvofiqdir: 
1. 
Rentgenologik tekshirish usullari: a) asosiy (rentgenoskopiya, rentgenografiya, flyuorografiya, 
elektrorentgenografiya - ko‘krak qafasi skeleti uchun); b) qo‘shimcha (tomografiya, 
zonografiya, kompyuter tomografiya va b.q.); v) kontrast modda yuborib tekshirish (bronxografiya, 
angiopulmonografiya, mediastinografiya va b.q.); 
Radionuklid tekshirish usullari (radiometriya, radiografiya, skanerlash, ssintigrafiya), KT (emission) va b.q. 
Zamonaviy tasvir beruvchi usullar (ultratovush, termografiya, MP-tomografiya va b.q.). 
Rentgenfunksional tekshirish usullari. 
ASOSIY RENTGENOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI 
1. Rentgenoskopiya va rentgenografiya juda keng tarqalgan klassik tekshirish usullariga kiradi. 
Rentgenoskopiyada bemor shtativ oldida, ekran orqasida, unga qarab turadi. Rentgen apparatining elektr 
sxemasidagi katta kuchga ega tokni ulaganda ko‘krak qafasidagi a`zolar ekranda ko‘rinadi. Tekshirish vaqtida 
ko‘krak qafasining shakli, qovurg‘alarning turishi, qovurg‘aaro masofa holati va ko‘ks oralig‘i a`zolariga e`tibor 
beriladi. Ekranda tasvirning koptrastligi hamda keskinligini oshirish uchun diafragma qisqartirilib, chegaralangan 
maydoncha kichik nur tutami bilan yoritiladi va o‘pkaning hamma qismlari birin-ketin, o‘ng tomonini chan 
tomoniga solishtirib, sinchiklab o‘rganiladi. Rentgenoskopiya vaqtida bemorni turli proeksiyalarda (old, yon, qiya 
va b.q.), turli holatda (turg‘azib, yotqizib, yonboshlatib) yoki ko‘p proektsiyalarda tekshirish mumkin. 
Rentgenografiya ko‘krak qafasini rentgenologik tekshirishda muhim ahamiyatga ega komponent 
hisoblanadi, u plyonkada o‘pka, suyak va boshqa a`zolardagi o‘zgarishlarni ifodalash xususiyatiga ega bo‘lib, 
ularni sinchiklab o‘rganish uchun sharoit yaratadi. Rentgenoskopiyaga nisbatan uning hal qiluvchi hususiyati 
ko‘proq. 
Rentgenogramma- ob`ektiv yuridik hujjat bo‘lib, patologik jarayonni dinamik o‘rganish imkonini beradi. 
Suratlar talabga binoan old (to‘g‘ri), yon va qiya holatlarda 1,5-2 m masofada, 0,05-0,1 sekundda chuqur nafas 
olib, uni saqlab turgan holda olinadi. Ba`zan qo‘shimcha suratlar ham olishga to‘g‘ri keladi. 
Flyuorografiya - o‘lchami 70x70 yoki 90x90 mm bo‘lgan flyuorogrammalarda ko‘krak qafasi a`zolari 
tasvirini olish usuli. Kontingyenti katta korxonalar (idoralar, fabrikalar, institutlar va boshqa muassasalar) 
xizmatchilari, ishchilari, talabalar, bemorlar (katta kasalxonalarda) va uyushgan odamlar o‘pkasini tekshirishda 
qo‘llaniladi. Ko‘krak qafasini bir marta 70x70 mm kadrga flyuorogramma qilganda bemorning oladigan nuri - 
0,87x10-4 Kl/kg (0,34 R), 100x100 mm kadrda esa -0.8X10-4 Kl/kg (0,3 R). 
Elektrorentgenografiya - ko‘krak qafasi a`zolarining rentgenologik tasvirini maxsus elektr rentgen 
apparatlari yordamida oddiy oq qog‘ozga olish usuli. Umumiy surat olish, ishlov berish vaqti 2-3 minut. Usulning 
afzallik tomoni: tezkorligi, arzonligi, tasvirning yuqori kontrastligi va fotolaboratoriya yo‘qligi. Hozir bu usulning 


98 
qo‘llanishi cheklangan. 
QO‘SHIMCHA VA MAXSUS USULLAR 
1. Tomografiya - o‘pka va ko‘ks oralig‘idagi a`zolarning qatlam-qatlam suratini olish usuli. Bu usulda 
ob`ekt qimirlamaydi, rentgen trubka bilan plyonkali kasseta bir-biriga nisbatan qarama-qarshi harakatda bo‘ladi. 
Tomografiya qilish bosqichlari: 
patologik jarayon chuqurligini aniqlash;. 
qatlam sathini hisoblash; 
sharoitni tanlash; 
tomogramma qilish 
Qatlam suratlarni old (to‘g‘ri) va boshqa holatlarda olish mumkin. Simultan kassetasi yordamida bir 
martada tomogrammaning bir necha qatlamini olish mumkin. 
2.. Zonografiya - kichik burchakdan (5-10°) rentgen trubkani burish orqali qavatma-qavat surat olish. 
Rentgentelevidenie - rentgenologik tasvirni masofaga yuborish usuli; diagnostika imkoniyatlarini ancha 
kengaytiradi, bemor va hizmatchilarning nurlanish darajasini keskin kamaytiradi. Tekshirishni magnit lentasiga 
yozib olish imkonini beradi. 
Rentgenokinematografiya - elektron optik o‘zgartirgich -EOO‘, RTK yordamida rentgen ekranidagi 
tasvirni kinoplyonkaga olish usuli. 
RTK rentgen ekran yorug‘lanishini bir necha ming marta kuchaytiradi. Eni 16 yoki 35 mm li plyonkaga 1 
sekundda 25-30 surat olinadi. 
RENTGEN KONTRAST USULLAR 
Tekshiriladigan a`zo yoki sistema o‘zining zichlanishiga qarab atrofdagi a`zolar va to‘qimalardan farq 
qilmagan hollarda bu usul qo‘llaniladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda kontrast usullar asosiy rentgendiagnostika 
usuli hisoblanadi. 
. Bronxografiya - bronx tarmoqlarini yodolipol, sulfayodol, propilodon va bariy sulfat aralashmasi bilan 
kontrast holatda tekshirish. Nafas yo‘llarining yuqori qismini ingalyatsiya usulida surtish yoki purkash yo‘llari 
bilan anesteziya qilgandan keyin kontrast modda yuboriladi. Kateter 
burun katagi yoki og‘iz bo‘shlig‘i orqali kiritiladi. U yoki bu bronx 
kontrast moddalar bilan ikki usulda to‘ldiriladi. Birinchi usul pozitsion 
bronxografiya deyiladi, uni bajarish uchun bemor kerakli holatni 
egallashi lozim. Ikkinchi usul yo‘naltirilgan bronxografiya deb ataladi, 
uni bajarishda boshqariladigan kateter ishlatiladi, bu usul hozir keng 
qo‘llaniladi (102-rasm). 
1Bronxografiyadan ob`ektiv ma`lumot olishda, surunkali o‘pka 
kasalligida, bronx tarmoqlaridagi rak va boshqa o‘smalarni aniqlashda 
foydalaniladi. Harorat yuqori bo‘lganda, aorta anevrizmasida, o‘pka 
emfizemasida bu usulni qo‘llash mumkin emas. 
2. 
Angiopulmonografiya - kontrast modda - 60% li 
triombrast yoki boshqa analoglarini yuborib, chegaralangan joyning 
tomirlarida qon aylanishini rentgenologik tekshirish usuli. Usul 
chegaralangan 
joy 
tomirlarini, 
o‘pka tomirlari funktsiyalarini 
o‘rganishda, nuqsonlarni aniqlashda, xavfli o‘smalarda o‘pka
tomirlarining zararlanish darajasini aniqlashda qo‘llaniladi.
Asosiy tekshirish usullari: 
umumiy angiopulmonografiya, 
selektiv angiopulmonografiya, 
terminal angiopulmonografiya. 
3. Diagnostik pnevmotoraks - bemorning yoshi va tekshirish vaziyatiga qarab plevralararo bo‘shliqqa 100 
dan 1200 ml gacha gaz (tozalangan havo, kislorod) yuborib tekshirish usuli. Usul ko‘krak qafasidagi murakkab 
patologiyalarda, o‘pka to‘qimasi bilan diafragma chegarasida, umurtqa bilan yurak yoki kistani aniqlashda 
qo‘llaniladi. 
102-rasm. O‘ng o‘pka 
bronxografiyasi. Pastki qismida 
haltasimon kengayish. 


99 
Pnevmomediastinum (mediastinografiya) - ko‘ks oralig‘iga 200 dan 600 ml gacha gaz yuborib sun`iy 
kontrast yaratish. 
Poligrafiya. Bu usul diplogramma yoki triplogrammadan iborat. Diplogrammada ko‘krak qafasining surati 
bitta plyonkaga maksimal chuqur nafas olish va chiqarish bosqichlarida olinadi, triplogrammada esa bitta 
plyonkaga o‘pka ikkala bo‘lagining o‘rta zonasi nafas olishning uch bosqichida suratga olinadi. Bu a`zolar 
harakati va funksional o‘zgarishlarni (ayniqsa pnevmokonioz va o‘pka emfizemasida) o‘rganishga imkon beradi. 
NAFAS A`ZOLARINING RENTGEN ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI 
Ko‘krak qafasini to‘g‘ri (old) holatda rentgen bilan tekshirganda (surat olganda yoki ekranni yoritib 
ko‘rganda) o‘pka to‘qimasining yorug fonida suyakka o‘xshash soyalar ko‘rinadi, ular qovurg‘alar, to‘sh suyagi, 
kurak va ko‘krak umurtqalari soyasidir (103-rasm, A, B). YOsh 18-20 ga yetganda qovurg‘alarning tog‘ay 
qismida ohaklanish yuz beradi, u 1-qovurg‘adan boshlanib boradi va ko‘zga yaqqol tashlanadigan soya beradi. 
To‘sh suyagi yon holatda yoki 10° burib olingan suratlarda va old holatdagi tomogrammalarda yaxshi ko‘rinadi. 
Umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismi D4 - gacha ko‘rinadi, boshqa qismlari yurak-tomir soyalari bilan 
qoplangan bo‘ladi. Ko‘krak soyasi ko‘krak qafasining ikki qirrasiga tushadi. 
Yumshoq to‘qimalar soyasi. Sut bezi va ko‘krak muskullari o‘zining hajmi va qanchalik o‘sganligiga 
qarab, o‘pkaning o‘rta-pastki qismida turlicha soya beradi. Yurak-tomir sistemasi (tomir tutami va yurak)ning 
o‘rta qismidagi soya quyuq (qorayish) bo‘ladi, uning Щ qismi o‘ng tomonga, 2/3 qismi chap tomonga chiqib 
turadi. Diafragma gumbaz shaklida bo‘lib, yuqoriga soya beradi, u 5-qovurg‘aning old sathida joylashgan. Chap 
gumbaz o‘ngiga nisbatan pastroq turadi. Diafragma soyasi sinuslar (yurak-diafragma va qovurga-diafragma) hosil 
qiladi. Yurak-tomir soyasi chekkasida 2-qovurg‘adan 5-qovurg‘agacha (oldidan hisoblaganda) o‘pka ildizlarining 
soyalari ko‘rinadi. Ulardan yuqoriga, pastga va sirtga qarab ingichka soya yo‘llar (chiziqlar) tarqalgan, sirtga 
yaqinlashganda diametrlari yanada kichiklashadi. Katta odamlarda o‘ng o‘pka ildizi chap ildizga nisbatan bir oz 
pastroq joylashgan bo‘ladi. O‘pka ildizlarining tuzilishida o‘pka arteriyasi, venasi va limfa sistemasining 
tarmoqlanishi katta ahamiyatga ega. Ildizlar soyasida boshi, tanasi va dumi ko‘zga tashlanadi. Katta odamda 
o‘pka ildizi tanasining ko‘ndalang o‘lchami 1-1,5 sm ni tashkil qiladi, uning konturi aniq. 
Rentgenogrammalarda uning elementlarini o‘rganish mumkin. O‘pka elementlariga: o‘pka to‘qi-masi bilan 
tomirlar (arteriya va venalar tarmoqlari), broixlar (bronx daraxti), o‘pkaning oraliq to‘qimasi, ya`ni bo‘laklarining 
ichki va tashqi to‘siqlari, tomirlar va bronxlar, biriktiruvchi to‘qimalarning g‘iloflari, limfa tomirlari va ularning 
yoriqlari hamda o‘pka ildizidagi limfa tugunlari kiradi. 
Rentgen nurlari bilan yoritilgan normada o‘pka suratining fonini o‘pka to‘qimalaridagi havo tashkil etadi. 
Yoritilgan o‘pka to‘qimalari fonida tomirlar tuzilishi yaxshi ko‘rinadi, chunki ularda nurlarning singdirilish 
koeffitsenti keskin farqlanadi. Shuning uchun normal o‘pkada o‘pka surati tomirlardan tashkil topgan, ular esa 
turli bo‘linishga (magistral, tarqoq yoki aralash) ega va bu bemorning konstitutsion omillari hamda yoshiga 
bog‘lik. 
Yorug‘langan o‘pka to‘qimasi bilan havosi bor bronxlarning rentgen nurlarini singdirish koeffisentida farq 
yo‘qligi sababli bronxlar o‘pka suratining tuzilishida ishtiroq etmaydi. Shuning uchun rentgenogrammalarda 
103-rasm. A-ko‘krak qafasining old holatdagi rentgenogrammasi: 
1-qovurg‘alarning old qismi; 2-o‘ng ildiz; 3-o‘ng sug bezi; 4-
diafragmaning o‘ng gumbazi; 5-diafragmaning chap gumbazi; 6-
qovurg‘alarning orqa qismi; 7-chap ildiz; 8-tomirlar soyasi; 9-chap 
sut bezi; 10-yurak soyasi; 11-aorta yoyi. 


100 
bronxlar ko‘rinmaydi. O‘pka to‘qimalarining yallig‘lanish jarayonida bronx atrofidagi biriktiruvchi to‘qimalar 
g‘ilofi qalinlashadi va o‘pka rentgenogrammasida bronx surati paydo bo‘ladi. Ular bo‘ylama holatda o‘rtasi 
qorong‘u (havo) juft yorug‘ chiziq (tola) bo‘lib ko‘rinadi; ko‘idalang holatda esa o‘rtasi yorug‘ halqacha shaklida 
ko‘zga tashlanadi. 
Normal o‘pkada ichki va tashqi bo‘laklar oralig‘i to‘qimalari ham ko‘rinmaydi. Yallig‘lanish jarayonvda 
biriktiruvchi to‘qimalar hujayralarida gapyerplaziya bo‘lgani sababli keyinchalik tolasimon biriktiruvchi to‘qimali 
o‘zgarishlar ro‘y beradi, bunda rentgenogrammalarda chizikli yoki mayda-yirik halqasimon tasvirlar ko‘rinadi, bu 
esa o‘pka suratining ko‘rinishini kuchaytiradi. 
Ko‘ks oralig‘ida turli limfa tugunlari joylashgan, shunga ko‘ra traxeya atrofi, traxeya-bronxial, bifurkasion 
va bronx-o‘pka limfa tugunlari farq qilinadi (104-rasm). 
Umurtqa bilan ko‘krak qafasidagi limfa tugunlari normal sharoitda rentgenogrammalarda ko‘rinmaydi. 
Yallig‘lanish, o‘sma kasalligi va boshqa jarayonlarda limfa tugunlari kattalashadi va rentgenogrammalarda 
ko‘rina boshlaydi Yon taraflama rentgenogramma (yoki rentgenoskopiya) da ko‘krak qafasi a`zolari jamlangan 
soya beradi. O‘rtasida yurak va tomirlar soyasi bo‘lib, ular ko‘krak bo‘shlig‘ini ikkiga bo‘ladi: old yoki to‘sh 
suyagi orqasi va orqa yoki yurak orqasi. Markazda - o‘pka ildizlarining jamlangan soyasi (uning diametri 2,5-3 
sm), orqada havo ustupi - traxeya bilan bronx birlashmasi tasviri. Ko‘ks oralig‘i chegarasini traxeyaning orqa 
devori tashkil qiladi. 
Diafragma gumbazlari old va orqa tomonda qiyalik (sinuslar) hosil qiladi, ularning burchaklari o‘tkir 
(uchli). Diafragmaning kassetaga yaqin tomoni suratda yuqori joylashadi. Ko‘krak qafasining old tomonida to‘sh 
104-rasm. Ko‘ks oralig‘ida limfa tugunlarining joylashish sxemasi (V. A.Sinelnnikov 
bo‘yicha): 1-traxeya atrofi; 2-traxeya-bronxial: 3-bifurkasion; 4-bronx-o‘pka limfa 
tugunlari. 
105-rasm. O‘pkaning bo‘laklarga bo‘linish sxemasi:
A-old holat (oldidan ko‘rinishi); B-o‘ng yon holat; V-chap yon holat; 1-yuqori 
bo‘lak; 2-pastki bo‘lak; 3-o‘rta bo‘lak. 


101 
suyagining yon holati, orqasida -ko‘krak umurtqalari, ular yoylari va o‘simtalari tasvirlangan. Ko‘krak 
umurtqalaridan to‘sh suyagiga qarab qovurg‘alar soyasi boshlanadi. Rentgenogrammaning yon holati jarayonning 
joylashgan o‘rii, kattaligi va xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi. 
O‘PKA BO‘LAKLARI VA SEGMENTLARINING RENTGENOLOGIK TASVIRI 
O‘pka ko‘krak qafasining 4/3 qismini egallagan. O‘ng o‘pka chap o‘pkadan sal kattaroq va uch bo‘laqtsan, 
chap o‘ka iki bo‘laqtsan tuzilgan. Rentgenogrammada bo‘laklar chegarasi ko‘rinmaydi. Old gomondan 
rentgenogrammada bo‘laklarni aniqpash uchun IV qovurg‘a ko‘rsatuvchi belgi hisoblanadi, unig old tomonida 
gorizontal chiziq ko‘zga tashlanadi, u bo‘laklararo gorizontal yoriqqa to‘g‘ri keladi. Bu yerda yuqori va o‘rta 
bo‘laklar orasida chegara bor. O‘rta bo‘lakning pastki chegarasi VI qovurg‘aning old qismidan o‘tadi (chap 
tomonda chegara ozgina pastroq) (105-rasm, A, B, V). 
Yon holatda olingan rentgenogrammada bo‘laklarni topish uchun IV ko‘krak umurtqasi ko‘rsatuvchi belgi 
qilib olinadi va undan tegishli hayoliy chiziqlar o‘tkaziladi yoki qovurg‘a-diafragma gumbazining yuqori 
nuqtasidan, o‘pka ildizi o‘rtasidan ko‘krak umurtqasigacha chiziq o‘tkaziladi. Ung o‘pkada bu chiziq bo‘laklararo 
qiya yoriqqa keladi va pastki bo‘lakni yuqori hamda o‘rta bo‘laklardan ajratadi. Keyin o‘pka ildizining o‘rtasidan 
to‘sh suyagiga perpendikulyar gorizontal chiziq o‘tkaziladi. Bu bo‘laklararo plevraning gorizontal yorig‘iga 
to‘g‘ri keladi. Chap o‘pkada ham shu tartibda chiziqlar o‘tkaziladi, lekin unda bittagina bo‘laklararo qiya yoriq 
bo‘lib, u yuqori va pastki bo‘laklarni ajratib turadi. 
O‘ng o‘pkada 10, chapida - 9 segment bor. Sog‘lom odam rentgenogrammasida segmentlar o‘rtasidagi 
chegaralar ko‘rinmaydi, ular taxminan aniqdanadi (106-rasm, A, B, V). 
Segmentlar nomiga ular ga havo o‘tkazuvchi bronxlarning 3-darajasi to‘g‘ri keladi (107-rasm). 
O‘pka segmentlarini bilish va ularni darhol aniqlash patologik jarayon o‘rnini belgilashda katta yordam 
beradi. 
106-rasm. Ko‘krak qafasiniig 2 holatdagi rentgenogrammasi. A-o‘pka segmentlari old holatda; 
B-o‘pka segmentlari o‘ng yon holatda; V-o‘pkaning segmentlarga bo‘linish sxemasi. 1-yuqori 
(cho‘qqi); 2-orqa; 3-old; 4-tashqi. (orqa-tashqi); 5-ichki (old-ichki); 6-yuqori (pastki bo‘lak): 7-
old ichki (yurakniki); 8-pastki old; 9-pastki tashqi; 10-pastki orqa segment. 


102 
O‘PKA SUBSTRATLARINING RENTGENOLOGIK O‘ZGARISHLARI 
O‘pkadagi o‘zgarishlarning rentgenologik belgilari har xil bo‘lib, J5 guruhga bo‘linadi: 
O‘pka hajmi va shaklining o‘zgarishi. 
O‘pka suratining o‘zgarishi: xiralashuvi, kuchayishi va shaklining o‘zgarishi (deformasiya). 
O‘pka maydonlari yorug‘ligining o‘zgarishi: 
a)yorug‘likning 
pasayishi: 
havo 
almashtirish 
ishining 
pasayishi 
(gapoventilyasiya), atelektaz, infiltrat, shish, o‘sma, ekssudat va h.k.; 
b)yorug‘likning 
ko‘tarilishi: 
umumiy 
(o‘pka 
shishi, 
surunkali 
emfizema) 
va 
mahalliy 
(cheklangan 
emfizema, 
o‘pka 
bo‘shlig‘i, 
plevraaro bo‘shliqda havo bo‘lishi va h.k.). 
4. 
Bronxlarning o‘zgarishi: 
a) 
bronx daraxtlarining umumiy o‘zgarishi; 
b) 
ayrim 
bronxlarning 
zararlanishi 
(kengayishi, 
torayishi, 
havo o‘tmasligi). 
5) O‘pka ildizlari va bronx limfa tugunlarining o‘zgarishi. 

Yüklə 465,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin