Iii bob. Xalqaro turizmning rivojlanish holati



Yüklə 496,8 Kb.
səhifə11/12
tarix19.12.2023
ölçüsü496,8 Kb.
#186610
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Xalqaro-turizm. Darslik 3-mavzu

Jadval 6


Amerika mamlakatlari bo‘yicha xalqaro turistlarning tashrifi

(2005 yil)


Asosiy turistik yo‘nalishlar

Keluvchi turistlar soni (mln.kishi)

Hissasi (%)

Keluvchi turistlardan olingan
daromad (mln. dollar)

Hissasi (%)

Amerika mintaqasi

133545

100,0

144551

100,0

Argentina

3805

2,9

2753

1,9

Aruba

733

0,5

1096

0,8

Bagam

1608

1,2

2069

1,4

Braziliya

5358

4,0

3861

2,7

Kanada

18612

13,9

13584

9,4

Chili

2027

1,5

1256

0,9

Kolumbiya

933

0,7

1218

0,8

Kosta Rika

1679

1,2

1570

1,1

Kuba

2261

1,7

1920

1,3

Dominikan
Respublikasi

3691

2,8

3508

2,4

Ekvador

861

0,6

486

0,3

Salvador

1154

0,9

543

0,4

Gvatemala

1316

1,0

860

0,5

Gonduras

740

0,6

472

0,3

Yamayka

1479

1,1

1545

1,1

Meksika

21618

16,4

11803

8,2

Nikaragua

712

0,5

207

0,1

Panama

702

0,5

780

0,5

Peru

1486

1,1

1308

0,9

Puerto-Riko

3686

2,8

3239

2,2

AQSH

49402

37,0

81680

56,5

Urugvay

1808

1,4

594

0,4

Venesuela

706

0,5

641

0,4

Manba: Vsemirnaya turistskaya organizatsiya (YUNVTO) ©. 2006.

Janubiy Amerika quruqligida dunyodagi eng baland Anxel (Venesuela) sharsharasi, ser suv Amazonka (Braziliya) daryosi, qo‘l tekkizilmagan keng maydondagi namlik o‘rmonzorlar, eng yuqori (And tog‘lari) cho‘qqisi joylashgan.


Bizgacha yetib kelgan qadimgi ink qabilalari sivilizatsiyasining diqqatga sazovor diniy shaharlari Mantu-Pikchu va Kusko, Naska plotasi, kolonizatsiya qilish
davri shaharlari. Bu materikning eng yirik va ulkan turistik imkoniyatlaridir. Hozirgi kunda ulardan juda kam foydalanilmoqda. Moboda materikning mavjud turistik resurslari to‘liq ishga solinsa, Janubiy Amerikaning xalqaro turistlar tashrifida uning salmog‘i so‘zsiz ravishda ortadi.
Amerikada, xuddi Yevropadagidek singari turistlar oqimining eng ko‘p qismi mintaqa ichki turizmiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, intensiv turistik oqim Shimoliy Amerikada: AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlari o‘rtasida kuzatilinadi. Qaysikim, eng ko‘p turistik oqim BTT ma’lumtlariga ko‘ra, AQShdan Meksikaga kelishadi. Bu esa dunyodagi eng ko‘p turistlar tashrifi oqimi bo‘lib hisoblanadi. Bu yerda o‘rtacha yillik keluvchi va ketuvchi turistlar soni 46-47 mln. kishini tashkil qiladi. AQShga tashrif buyuruvchi turistlarni ko‘proq mamlakatning yovvoyi tabiat resurslari, takrorlanmas go‘zal landshaft manzaralari, harakatdagi geyzer buloqlar vodiysi, «Tirik geologik» milliy bog‘lari (Yellouston), gigant stalagmitli g‘orlari (Karlsbad), katta ponaramali (Grand-Kanon) tog‘ daralari, Mayin qumli (Kaliforniya) plyajlari maftun etadi. Horijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarni AQShning nafaqat tabiiy boy resurlari balki, uning osmon o‘par ma’muriy, savdo-sotiq binolari (Manxetten), banklar markazi (Uoll-strit), mashhur ko‘priklari (Bruklin), oliygohlar (Kolumbiya universiteti), prezident qarorgohi (Oq uy), opera teatri (Metropoliten), Kinostudiyalari (Gollivud), ko‘ngil ochar, dam olish parklari (Disneylend) kabilar o‘ziga chorlaydi. Har yili AQSH da 1 mlrd. dan ortiq turistik kelishlar va ketishlar (ichki va tashqi) ruyxatga olinadi. Mamlakatda ichki turizm salmog‘i katta bo‘lib, uning asosiy marshrutlari dam olish sog‘lomlashtirish, ko‘ngil ochar, tabiat ob’ektlari, tarixiy va madaniy markazlarga, qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlarga tashrif buyurishdan iboratdir. Amerikalik sayyohlar horijiy safar qilishda ko‘proq qo‘shni Meksika va Kanada mamlakatlariga sayr qilishni xush ko‘rishadi. Dunyoning uzoq mamlakatlaridan Yevropaning Buyukbritaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlari sayohatga borishni tanlashadi. Keyingi paytlarda amerikalik sayyohlarning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (Xitoy, Yaponiya, Syangan, sobiq Gonkong, Janubiy Koreya, Singapur kabilar) ga borish istagi ortib bormoqda. Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo (Hindiston, Pokiston, Shri Lanka)ning turistik mintaqalari amerikalik sayyohlar tomonidan juda kam o‘zlashtirilgan.
BTT ma’lumotlariga ko‘ra, kelajakda amerikalik turistlarning Yevropa, Osiyo- Tinch okeani va Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari bilan ikki tomonlama sayyohlik aloqalari kuchaya borishi ko‘zda tutilgan.
Afrika turizmi. Afrika qit’asi umumiy maydoni orollari bilan birgalikda 30,3 mln. kv.kmga teng. Aholisining umumiy soni 900 mln. kishiga yaqin. Mintaqa siyosiy haritasida hammasi bo‘lib 56 ta endi rivojlanayotgan davlatlar bor.
Afrika xalqaro turizm sohasi bo‘yicha unchalik yuqori o‘rinni egallamaydi. Uning xalqaro turistlar tashrifi bo‘yicha boru-yo‘g‘i 4,6 % ni egallaydi. Agar 1990 yilda butun Afrika mamlakatlariga keluvchi turistlar soni 15,2 mln. kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib ularning umumiy soni 36,7 mln. kishiga yetdi yoki tashrif buyuruvchi turistlar soni 2,4 barobarga ko‘paydi.
Afrika mintaqasi tashrif buyuruvchi turistlarning o‘sish darajasi bo‘yicha eng oldingi o‘ringa chiqib oldi. 2005 yil ma’lumotiga ko‘ra ularning o‘sish darajasi 9 % atrofida kuzatildi. Eng ko‘p tashrif buyuruvchi turistlar Jazoirga (17%), Marokko (7
%) va Tunisga (6 %) to‘g‘ri keladi. Afrikaning janubiy qismidagi mamlakatlarda, jumladan Kongo Demokratik Respublikasi (+103 %), Svazilend (+83 %), Gambiya (+23 %), Senegaya (+15 %) kabilar yuqori natijalarga erishdilar. Afrikadagi xalqaro turizmning eng muhim rivojlangan markazlaridagi Janubiy Afrika Respublikasi (+6%) ham o‘z natijalarini yaxshiladilar. Keniyada ham xalqaro turizm borgan sari rivojlanib bormoqda va keyingi paytlarda yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdi.
Afrika turizmining tahlili shuni ko‘rsatadiki, mintaqaga tashrif buyuruvchi turistlar bo‘yicha birinchi o‘rinni Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) egallaydi. Afrikada turizmga bo‘lgan qiziqish borgan sari ortib bormoqda. Turistik servisni takomillashtirish va uning xilma-xilligini oshirshga e’tibor kuchayib bormoqda. Xorijiy mamlakatlardan kelayotgan sarmoyalarning bir qismi turizm industriyasini rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda.
2005 yilda mamlakatga keluvchi turistlar soni 7,5 mln. kishidan ortiq bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarni Tunis (6,4 mln.), Marokko (5,8 mln.), Zimbabe (1,6 mln.), Jazoir (1,4 mln.) kabi mamlakatlar egallaydi. Xalqaro turizmdan keladigan tushum (daromad) bo‘yicha ham birinchi o‘rinni JAR (7,3 mlrd. doll.) egallaydi. Keyingi o‘rinlarni Marokko (4,6 mlrd. doll), Tunis (2,1 mlrd. doll), Mavrikiy (871 mln. doll), Tanzaniya (796 mln. doll), Keniya (579 mln. doll), Botsvana (562 mln. doll) kabi davlatlar egallaydi.

Yüklə 496,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin