Iii bob. Xalqaro turizmning rivojlanish holati



Yüklə 496,8 Kb.
səhifə6/12
tarix19.12.2023
ölçüsü496,8 Kb.
#186610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Xalqaro-turizm. Darslik 3-mavzu

Jadval 2.


Xalqaro turizmning rivojlanish dinamikasi (1950-2006 yillar)

Yillar

Xalqaro keluvchi turistlar soni
(mln.kishi)

Keluvchi turistlardan olingan
umumiy daromad (mlrd.dollar)

1950

25

2

1960

70

7

1970

160

18

1980

285

102

1990

460

265

2000

698

476

2001

689-1,3%

464

2002

703

471

2003

694

-

2004

764

633

2005

806

680

2006

820

650

Manba: Vsemirnaya turistskaya organizatsiya (YUNVTO) ©. 2006.
BTT ma’lumotlariga ko‘ra eng ko‘p miqdordagi turistlarning kelishi Yevropa mamlakatlarida kuzatilmoqda (17 mln. kishidan ortiq). Osiyo va Tinch okeani mintaqasida 11 mln. kishi, Shimoliy va Janubiy Amerikada 8 mln. kishi, Afrika va Yaqin Sharq mintaqalarida har biri 3 mln. kishi kuzatildi. So‘ngi yillar (2005 y.) natijalari shuni ko‘rsatadiki, butun dunyo bo‘yicha turizmning umumiy o‘sish darajasi 5,3 % ni tashkil qildi. Turizmning dunyo bo‘yicha mintaqalarda eng yuqori o‘sish darajasi Afrika (+9%) mamlakatlarida kuzatilmoqda. Undan so‘ng Yaqin Sharq (+8%), Osiyo va Tinch okeani mintaqasi (+8%), Shimoliy va Janubiy Amerika (+ 6 %) va Yevropa (+ 4 %) mintaqasi egallaydi. Shu borada, Yaqin Sharqda turistlarning o‘rtacha yillik kelishi keyingi 5 yil ichida, eng yuqori ko‘rsatkichga erishildi. Xalqaro turizmda eng kam o‘sish esa Yevropa (2%), Shimoliy va Janubiy Amerikada boru-yo‘g‘i 1 % ga o‘sganligini kurishimiz mumkin. Keyingi besh yilda turistlarning kelib-ketishi bo‘yicha deyarli o‘sish kutilmagan mintaqa bu hamon Shimoliy Amerika (-0,3 %) bo‘lib qolmoqda.
2005-2006 yillarda ko‘pgina xalqaro turistlarning kelishida sayyohlikning bo‘sh vaqtni o‘tkazish va sayr qilish - tomosha, dam olish, ta’tilni o‘tkazish sohasi (50 %) alohida o‘rnini egallaydi, ularning umumiy soni 402 mln. kishini tashkil qiladi (2005 y.). Ishga aloqador bo‘lgan turizmning salmog‘i 16 % bo‘lib, turistlarning umumiy soni 125 mln. kishiga yetgan. Tanish-bilishlar, qarindosh-urug‘lar bilan ko‘rishish, diniy maqsadlarda (haj safarlari, ziyoratchilik h.k.) keluvchilar salmog‘i 26 % bo‘lib, ularning umumiy soni 212 mln. kishiga yetgan. Qolgan keluvchi turistlar esa o‘z maqsad va vazifalarini bayon qilishmagan.

Yüklə 496,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin