Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари



Yüklə 158,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix23.03.2023
ölçüsü158,53 Kb.
#89367
1   2   3   4   5   6   7
Ключевые слова: ликвидность, цифровой банкинг, дистанционное банковское 
обслуживание, ликвидность коммерческих банков, коэффициенты ликвидности, ликвидные 
активы.
Shaislamova Nargiza Kabilovna
Senior Lecturer, Department o f Valuation 
and Investments, Tashkent Institute o f Finance 
Kudratova Feruza Nasriddinovna 
Student o f the Tashkent Institute o f Finance
USE OF DIGITAL BANKING SERVICES TO INCREASE THE LIQUIDITY 
OF COMMERCIAL BANKS IN UZBEKISTAN
Abstract. Improving the liquidity o f commercial banks is important in providing the 
competitiveness o f commercial banks, fulfilling their obligations to customers, and ensuring the 
continuity o f payments in the economy. This article examines the importance o f remote banking 
services in banking and its impact on liquidity indicators, analyzes the factors influencing the 
improvement o f liquidity o f commercial banks and makes recommendations, based on the practice o f 
developed countries.
Keywords: liquidity, digital banking, remote banking services, liquidity o f commercial banks, 
liquidity ratios, liquid assets.
Kirish
O ’zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirish oldida turgan asosiy 
vazifalardan biri - bu bank xizmatlari sifatini oshirish, xizmatlar ko’lamini 
kengaytirish, tijorat banklarining likvidlilik ko’rsatkichlarini yaxshilash va ularni 
rivojlangan davlatlar banklari darajasiga yetkazishdan iborat.
2022 - 2026-yillarga moTjallangan yangi O ‘zbekistonning Taraqqiyot 
strategiyasida davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini 
yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushi 60 foizgacha 
chiqarilishi hamda iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida 
ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026-yil 
yakuniga qadar 70 foizgacha oshirish ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e ’tirof 
etilgan[1].
Shuningdek, O ‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha 2020 
- 2025-yillarga m o‘ljallangan “Y o’l xaritasi”da bank xizmatlari sifatini oshirish va 
ko‘lamini kengaytirish, jumladan biznes jarayonlarni maqbullashtirish va boshqaruv 
sifatining xalqaro standartlarini joriy qilish, tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini 
takomillashtirish orqali kreditlar ajratish jarayonlarini soddalashtirish, mijozlarga keng 
ko‘lamli xizmatlarni (moliyaviy maslahat, investitsion banking, faktoring, loyihaviy 
moliyalashtirish, lizing va boshqalar) taklif etishni hamda zamonaviy axborot


texnologiyalarini joriy qilish, ya’ni masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan, 
kontaktsiz to ‘lovlar soni va qamrovini kengaytirish, avtomatlashtirilgan skoring tizimi, 
raqamli identifikatsiyalash va kredit konveyeridan keng foydalanish, bank 
m a’lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish, bank sohasidagi 
yangi konsepsiya va texnologiyalarni joriy qilish (fintex, marketplays, raqamli bank)ni 
ustuvor vazifa sifatida belgilab qo’yilgan[2].
Jahon bank amaliyotida tijorat banklari likvidliligini tartibga solish bo’yicha 
qator talablar, m e’yorlar va tamoyillarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy 
tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ushbu tadqiqotlarda tijorat banklari likvidliligi bilan 
bog’liq riskni kamaytirish, likvidlilikni tartibga solish va ta ’minlash, uni aniqlashni 
hamda raqamli iqtisodiyotda tijorat banklari likvidliligini tartibga solishda 
kutilmaganda talablarni bajarish, yuqori likvidli va barqaror mablag’lar bilan 
ta ’minlash kabi masalalar o ’zining ilmiy yechimini topmagan. Shuningdek, 
respublikamiz tijorat banklaridagi likvidlilik ko’rsatkichlari birmuncha salbiy holatga 
ega, ya’ni pandemiya sharoitida 2020 yilning 1-aprelidan 1-oktyabriga qadar tijorat 
banklari tomonidan berilgan kreditlar bo’yicha to ’lovlarning kechiktirilganligi hamda 
mamlakatimiz tijorat banklari jalb qilingan resurslari tarkibida xorijiy mablag’lar 
shakllantirilmayotganligi, ya’ni davlatlararo o ’zaro integratsiyada masofaviy bank 
xizmatlaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi mavzuning dolzarbligidan 
dalolatdir.

Yüklə 158,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin