Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари


-rasm. Bank majburiyatlarining dinamikasi (2022 yil 1-yanvar holatiga



Yüklə 158,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix23.03.2023
ölçüsü158,53 Kb.
#89367
1   2   3   4   5   6   7
1-rasm. Bank majburiyatlarining dinamikasi (2022 yil 1-yanvar holatiga
ko’ra)1
Yuqoridagi rasmga ko’ra, yillar davomida bankning majburiyatlari ya’ni 
depozitlar miqdori oshib borgan. Ayniqsa, pandemiya sharoitida o’sish tendensiyasi 
biroz past bo’lsada, O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O ‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to ‘g ‘risida”gi Farmoni imzolangach, masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish 
ommalasha boshladi. Bundan ko’rinadiki, 2020-yildan boshlab depozitlar o’sish 
dinamikasi birmuncha tezlashgan. 2022-yil 1-yanvar holatiga ko’ra, 2018 yilga 
qaraganda 2,5 barobar ko’proq bank mijozlari depositlarini ishonib bankka qo’ya 
boshlashgan.
AQSHda likvidlilikni baholash uchun berilgan kreditlar va depozitlar 
summasining nisbati ko’rsatkichi (1 dan qanchalik ko’p bo’lsa, bankning likvidliligi 
past bo’ladi) va aktivlarning umumiy summasidagi kreditlarning ulushi aktivlarni 
diversifikatsiya qilishning aksi sifatida ishlatiladi (bu ko’rsatkich 65-70% darjasida 
optimal hisoblanadi).
Yaponiya, AQSH va ko’plab Yevropa mamlakatlarida koeffitsiyentlar usuli 
bilan bir qatorda pul oqimi asosida banklarning likvidligini baholash ham rivojlandi. 
Banklarning likvidligini ta ’minlash uchun kredit risklarini cheklashga chet elda katta 
ahamiyat beriladi.
Shuningdek, Hassan Ghodrati va Masoumeh Soleimani khahlar Eron banklarida 
olib borgan tadqiqot natijalariga ko’ra, raqamli banking va likvidlik boshqaruvi
1 https://cbu.uz/ Markaziy banking rasmiy sayti ma’lumotlariga ko’ra mualliflar tomonidan tuzildi.


o ’rtasida kuchli bog’lanish bor [8]. Unga ko’ra, ular ekonometrik tahlillar o ’tkazgan 
va quyidagi natijalarga erishgan:
elektron bank rivojlanishi va tugatilgan aktivlarning jam i aktivlarga nisbati 
o ’rtasida nisbatan kuchli chiziqli bog’liqlik mavjud;
elektron bank rivojlanishi va o’zgaruvchan likvidlik farqi o ’rtasida sezilarli 
darajada kuchli chiziqli bog’liqlik mavjud;
elektron bank rivojlanishi va banklararo nisbatning o ’zgaruvchanligi o ’rtasida 
sezilarli darajada kuchli chiziqli bog’liqlik mavjud.
Xorij tajribasidan ko’rish mumkinki, raqamli banklarni ko’paytirish va 
masofaviy bank xizmatlarini ommalashtirish bank likvidligiga to ’g ’ridan to ’g’ri ijobiy 
ta ’sir qiladi, ya’ni xarajatlar miqdori kamayadi, bankning faqat bitta asosiy ofisi 
mavjud bo’lib, filiallarga ehtiyoj qolmaydi, bu esa mijozlarga har qanday joyda va 
vaqtda bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.

Yüklə 158,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin