Ijtimoiy antropologiya


Millatlarning oʻz taqdirini oʻzi hal qilish suveren huquqi



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/105
tarix20.11.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#162393
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105
Ijtimoiy antropologiya

Millatlarning oʻz taqdirini oʻzi hal qilish suveren huquqi.
Milliy 
loyihalar faqat oʻz davlatida amalga oshirila oladi. Millat oʻzining aʼzolaridan 


iborat davlat tashkil qilishga haqli. Har bir hududiy-maʼmuriy birlik uchun 
siyosiy chegaralar madaniy-etnik chegaralarga toʻgʻri kelishi kerak. Shunday 
qilib millat aniq chegaralangan hududda oliy (suveren) hokimiyatga ega. 

Davlat qurish jarayonidagi millatning birlamchiligi.
Millat butun 
siyosiy hokiniyatning manbaidir. Hukumatning yagona legitim turi milliy oʻzini 
oʻzi boshqarishdir. Millatning har bir aʼzosi siyosiy jarayonda bevosita ishtirok 
etish huquqiga ega. 

Milliy oʻzlik.
Millatchilik bitta maʼmuriy-hududiy birlik doirasida til va 
madaniyat umumiyligi boʻlishi lozimligini taʼkidlaydi. Odomlar erkinlik va 
salohiyatlarini realizatsiya qilish uchun oʻzini millatga bogʻlashadi. Boshqa 
tarafdan, millat oʻzini hech qaysi guruhga mansubligini his etmaydiganlarga 
ham aʼzolik va oʻzlik (identifikatsiya) beradi.
[2]
 

Birdamlik.
Birlikka maʼlum bir madaniyatni majburan singdirish bilan 
emas, balki insonlarning muhabbat va aka-ukachilik asosida birlashuvi evaziga 
erishiladi. Aʼzolar birdamlik iplari his etishi va bir xil emas, balki bir birlarini 
toʻldirib harakat qilishlari muhim sanaladi. 

Millat oliy qadriyat sifatida.
Alohida shaxsning milliy davlatga sodiqligi 
shaxsiy va boshqa guruhbozlik manfaatlaridan ustun. Fuqarolarning vazifasi — 
oʻz davlatining legitimligini (qonuniyligini) ushlab turish. Milliy davlatni 
mustahkamlash hurriyat va osoyishtalikni taminlanishining bosh shartidir. 

Ommaviy taʼlim.
Odamlar millatning hayotida toʻlaqonli ishtirok etish 
va uning millati, tarixi, tili bilan bogʻlanish uchun har tomonlama taʼlim 
olishlari kerak. 
Millatchilik millatlarning farqlarini, koloritini, oʻziga xosligini taʼkidlaydi. 
Bu xususiyatlar madaniy-etnikdir. Milliy oʻzlikni anglash madaniyatga chetdan 
kelgan qoʻshimlarni anglashga va oʻz millati foydasiga keyinchalik boshqa 
madaniyatlardan yaxshi taraflarini olish istiqbollarini tahlil qilishga xizmat 
qiladi.
[3]
 
Bundan tashqari millatchilik millatni shaxsiyatning ekvivalenti, iqtimoiy 
organizm sifatida koʻradi. Insonlarning, ularning ijtimoiy darajasi va kelib 
chiqishidan qatʼi nazar, qonun oldida tengligi millatlarning, ularning kuchi va 
kattaligidan qatʼi nazar, xalqaro qonunchilik nuqtai nazaridan tengligiga toʻgʻri 
keladi. Millat shuningdek hozirgi avlodni oldingilari va boʻlajak avlodlar bilan 
bogʻlab turadi, bu esa odamlarni oʻzini qurbon qilishga, hatto millatni qutqarish 
uchun jonini berishga chorlaydi

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin