1.
O‘quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Ushbu fan milliy-madaniy makon hamda sotsial soha muassasalarini sotsial-
loyihaviy ob’ekt sifatida turli milliy, jinsiy, yosh bilan bog‘liq va ijtimoiy-sinfiy
guruhlarning o‘ziga xos yashash xususiyatlarini ochib beradi.
Jamiyat
taraqqiyoti va barqarorlikni ta’minlashda aloxida o‘rin egallaydi.
Ijtimoiy antropologiya jamiyatning sotsial negizi,
tarkibiy qismlari,
sotsioantropologik qonunlar va kategoriyalar,
sotsiomadaniy xodisa va
jarayonlarning moxiyati, soxaga oid tizim va ularning amal qilish qonuniyatlari
kabi masalalarni qamrab oladi. Jamiyatda mavjud ijtimoiy qonunlarni bilish va
ularning
amal
qilishiga
ongli
munosabatda
bo‘lish,
mamlakatni
demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari
asosida isloh qilish
jarayonlarining moxiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilai
ta’minlaydi.
“Ijtimony antropologiya” fani umumkasbiy fanlar
blokiga kiritilgan kurs
xisoblanib,
birinchi
kursda
o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Ijtimoiy
antropologiya” fani sotsiologiya va psixologiya fanlar turkumiga kiradi va
gumanitar yo‘nalishlardagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ham o‘qigiladi.
Mazkur fan boshqa ijtimoiy fanlarning nazariy va
uslubiy asosini tashkil qilib,
o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi sotsiologiyaga oid bilim soxasidagi fanlar uchun
zamin bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga ijgimoiy antropologik bilimlarning
nazariy asoslari, fanning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, sotsiomadaniy
qonun va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni
amaliyotda tatbiq etish
ko‘nikmasini xosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar,
amaliy
ko‘nikmalalar, iqtisodiy xodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: