6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI
90
Kundalik amaliy bilim.
Tabiat haqida, shuningdek, odamlarning o‘zlari,ularning yashash
sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‘g‘risida elementlar bilimlar beruvchi kundalikamaliy
bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi
. Bilishning bu shakli kundalik hayot,
odamlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan. Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam
bo‘lsa-
da, biroq tartibsiz, tarqoq xususiyatga ega bo‘ladi, ma’lumotlar, qoidalar
va shu kabilarning oddiy
majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi juda
rang-barang. U sog‘lom fikr, e’tiqodlar, belgi-
alomatlar, shaxsiy tajribadan
chiqarilgan dastlabki xulosalar, ularning an’analar, rivoyatlar,
o‘gitlar va
hokazolarda ifodalangan ko‘rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar va shu kabilarni o‘z
ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: