Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


Hissiy darajadagi bilimning shakllari



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə117/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Hissiy darajadagi bilimning shakllari
. Sezgi a’zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir.

Narsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish va


idrok etish natijasida olingan bilim hissiy 


bilimdir. 
Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi.


Sezgi
.

Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari orqali his qilingan 


oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi
. Masalan, 
aplesinda biz to‘q sariq rang,o‘ziga xos hid, ta’mni sezamiz. CHunki, sezgilar insondan
tashqaridagi muhitda

yuz berayotgan va uning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatayotgan jarayonlarda 


yuzaga

keladi. Ovoz va yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta’sir va hokazolar

tashqi

ta’sirlantiruvchilar hisoblanadi.


Forobiy bilishning ikki shakli – hissiy va oqilona bilishni 


farqlaydi.

Insonni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi sezgilar roliga e’tiborni qaratar ekan,

Forobiy

ularni besh turga ajratadi. U sezgilarni bilimning asosiy manbai


deb hisoblab, sezgilar faqat 


narsaning in’ikosi narsaning o‘ziga mos tushgan

holda haqiqiy bo‘lishi mumkin


17
, deb ta’kidlaydi. 

Forobiyning bilishda va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari


Aristotelning «sezmaydigan odam hech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda 
o‘xshash. Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni
o‘zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy in’ikosini o‘zida gavdalantiradi. 
Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon jismlari va ularning shakllarini
bilishga harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda insonga ta’sir ko‘rsatuvchi koinot aql bilan birikadi 
va boqiylik xususiyatini kasb etadi.

Aql dunyoning yaralish bosqichlari sifatida inson va birinchi 


sabab o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi, birinchi sabab esa, o‘z navbatida, aqlga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali bog‘lanadi, jon inson tanasidan 
o‘rin oladi, shunday qilib, nodunyoviy hayot jihatlari insonga o‘tadi va pirovardida inson mohiyati,
bilimlari – uning aqli boqiylik xususiyatini kasb etadi.

Forobiy fikricha, sezgilar tartibga ega bo‘lganidek, aqlning ham o‘z tegishli tartibi mavjuddir


18
.


Birinchi metod tabiiy fanlar (fizika)ga, ikkinchisi matematikaga mos tushadi. Ikkala metoddan 

ham faqat fanda narsa va hodisaning u yoki bu jihatini teranroq tushunish maqsadida foydalaniladi.


Idrok
.

Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va 

munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi
. Insonning idrok etishi 
narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab etishni o‘z ichiga oladi. Bunda
inson o‘zining har

bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok

etish

inson tashqi dunyoga amaliy ta’sir ko‘rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a’zolari faol ishlashi


natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan,harakatsiz ko‘z narsalar rangini farqlashga qodir 
emas. Organizmning makroskopik, yaxlit narsalar va jarayonlar olamida mo‘ljal olishga bo‘lgan
17
Қаранг: Фараби. Китаб ал-Хуруф. Душанбе. «Илм», 1972 г. с. 23.

18


Қаранг: Фараби. Китаб ал-Хуруф. Душанбе. «Илм», 1972 г. с. 24.




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin