6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI
92
ehtiyoji bizning sezgi a’zolarimizni shunday tashkil qilganki, biz narsalarni yaxlit holda idrok
etamiz. Aks holda hamma narsa harakatlanayotgan zarralar, molekulalar pardasiga aylangan va
biz narsalarlarning chegaralarini ko‘rmagan bo‘lur edik. Ko‘rish a’zosi organizm hayotida muhim
rol o‘ynaydigan borliqdagi yorug‘lik hodisalarini mumkin qadar yaxshiroq aks ettirish
yo‘nalishida rivojlangan. Shu sababli ko‘z tabiatda mavjud yorug‘lik ta’sirida yorug‘likni qabul
qilish, quloq – ovoz tebranishlarini farqlash uchun moslashgan va hokazo. Sezgi a’zolarining
o‘ziga xosligi, «fiziologik» idealistlar fikridan farqli, tashqi dunyoni to‘g‘ri bilishga nafaqat
monelik qilmaydi, balki, aksincha, narsalarning ob’ektiv xossalari aniqroq va to‘liqroq aks etishini
ta’minlaydi.
Xotira
o‘tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‘tishini ta’minlaydi.
«Tovushlar va so‘zlar soni ko‘paygandan keyin, odamga uning
xotirasi yordamga keladi... Yozuv
ham xotira bilan birga inson imkoniyatlarini oshiradi»
19
. Agar obrazlar miyada unga predmet ta’sir
ko‘rsatgan paytda paydo
bo‘lib, bu ta’sir to‘xtaganidan keyin darhol g‘oyib bo‘lganida, inson
narsalarni
har safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan, u mazkur narsalarni
tanimagan, demak, ularni anglamagan bo‘lar edi. Biror narsani anglash uchun aqlning ishlashi
hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi. Tashqi ta’sirlarning idrok etilishi va
ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg‘onadi.
Tasavvurlar
–
bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatgan va keyinchalik miyada
saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir.
Sezish va idrok
etish ong, fikr shakllanishining boshlanishi hisoblanadi. Xotira olingan axborotni qayd etadi va
saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor o‘zining bevosita manbaidan ajraladi va nisbatan mustaqil
sub’ektiv hodisa sifatida mavjud bo‘la boshlaydi. Inson nisbatan yangi obrazlarni erkin yaratishga
qodir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in.
Xayol
insonning muhim xossasi.
Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni nafaqat qayta
chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va shu tariqa ularni umumiy tasavvurlar
darajasiga ko‘taradi.
Dostları ilə paylaş: |