Empirik bilim va uning shakllari
. Empirik bilim mavjud narsaning
bevosita emas, balki bilvosita
in’ikosi
. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob’ektning holati haqida unga axborot
berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektro-kardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi.
Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asbob lardan foydalanish bilan bog‘liq; u
kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan
foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas,
bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
Kuzatish
–
bilish ob’ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab
amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir
. Kuzatish
maqsadini belgilash, uning usullarini
aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan
foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga
borliq
haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.Kuzatish bevosita yoki bilvosita,
masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida
molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan ob’ektlarga qaratilgan
maqsadlar va
vazifalarni ta’riflashni nazarda tutadigan faoliyat shakli. Biron-bir narsani bilishni
xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka o‘rgatishi
lozim.
Eksperiment
–
bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob’ekt yo sun’iy tarzda yaratiladi,
yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma’lum shart-sharoitlarda o‘rganiladi
. Eksperimentda
tadqiqotchi ilmiy-tadqiqotni
o‘tkazish shart-sharoitlariga faol aralashadi. U jarayonni istalgan
bosqichda to‘xtatishi mumkin bo‘lib, bu ob’ekt ni yanada mufassalroq o‘rganish imkonini beradi.
Tadqiqotchi o‘rganilayotgan ob’ekt ni boshqa ob’ektlar bilan har xil tarzda
bog‘lashi yoki u ilgari
19
Қаранг: S.M.Hotamiy. Islom tafakkuri tarixidan. –Т.: «Minhoj», 2003 y. 74-b.
|