Madaniy faoliyat.
Madaniyat – inson dunyosi, faqat unga xos faoliyat usuli bo‘lib, uni amalga
oshirish jarayonida odamzod o‘zi yaratayotgan narsalarga ruh baxsh etadi, tabiatni, o‘zi
yashaydigan muhitni insoniylashtiradi
.
Madaniy faoliyat ongli va qadriyatlarga qaratilgandir.
Unda me’yorlarga rioya
qilish va ularda nisbatan mustaqillik, maqsadga muvofiqlik va
noutilitarlik
o‘zining uyg‘un ifodasini topadi. Madaniy faoliyat umuminsoniy ideallar va
qadriyatlarni etnik yoki mintaqaviy shaklda aks ettiradi. Madaniyat jabhasida
inson faoliyati uning
ehtiyojlari bilan belgilanadi, lekin faqat ularga bog‘liq
bo‘lmaydi. Unda maqsadga erishish uchun
zarur bo‘lgan elementlar ham, ortiqcha
unsurlar ham mavjud. Ortiqchalik tushunchasi, madaniyat
hodisalarida, ularning
ma’naviy mazmunini amalda gavdalantirish uchun talab etiladigan
vositalarning zarur darajasidan ortiqroq elementlar mavjudligini anglatadi. Madaniyatda utilitar
maqsadga muvofiqlik mezoni bilan o‘lchash mumkin bo‘lmagan
muhim qadriyatlar yaratiladi.
Garchi madaniyat biologik, fizik, ijtimoiy, texnik-iqtisodiy va boshqa shunga o‘xshash omillarga
ta’sirchan bo‘lsa-da, ular madaniyatda o‘zining variativ – ko‘p ma’noli ifodasini topadi. Bu
madaniyatda erkinlik hamda butunlay yangi predmetlilikni yaratish imkoniyatlari mavjudligidan
dalolat beradi.
Madaniyat funksiyalari.
Ijtimoiy hodisa sifatida madaniyat ko‘p sonli funksiyalarni bajaradi.
U
insonning bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi,
ijtimoiy tajribani avlodlarga qoldirish va boshqa
7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI.
Dostları ilə paylaş: |