Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə147/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 

JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI

109
1)


ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – sifat jihatidan aniq, yaxlit ijtimoiy tizim bo‘lib, uning 

muhim elementi odamlarning hayot faoliyati jarayonida ular o‘rtasida o‘rnatiladigan moddiy


(iqtisodiy), ma’naviy (mafkuraviy) va boshqa aloqalar va munosabatlardir. Moddiy va ma’naviy 
munosabatlarning o‘zaro aloqasida moddiy munosabatlar etakchi rol o‘ynaydi. Ularning o‘zagini
ishlab chiqarish munosabatlari tashkil qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy tizim 
faoliyatini belgilovchi asos hisoblanadi;
2)

ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya turli mamlakatlarda ular rivojlanishining muayyan


bosqichida ijtimoiy hayotga xos bo‘lgan umumiy jihatlarni aks ettiradi. Kapitalizmni o‘rganish va 
turli mamlakatlardagi moddiy va ma’naviy munosabatlarni taqqoslash jarayonida bu
munosabatlarning ko‘pgina tomonlari takrorlanishining va mazkur mamlakatlar ijtimoiy 
rivojlanishning bir bosqichi – kapitalistik bosqichda, degan xulosaga kelingan;
3)

ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichidir. Ko‘p sonli


ijtimoiy aloqalar orasida ishlab chiqarish munosabatlarini farqlash, ularning bir necha turlari 
mavjudligini aniqlash imkonini ham bergan; turli ijtimoiy organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy
tuzilishga ega bo‘lishi ham, har xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham mumkinligi 
(ya’ni, har xil tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari) aniqlangan.
Shunday qilib, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir tipi rivojlanish bosqichi, tarixiy davrni, 
bu ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va o‘zgarishi esa jamiyat rivojlanishining
mohiyatini belgilaydi, degan xulosaga kelingan.
Bu qoidalardan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – bu jamiyatning muayyan tarixiy tipi,
ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida amal 
qiladigan yaxlit ijtimoiy tizim, degan to‘xtamga kelish mumkin.
«Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni davriylashtirish imkonini 
bergan. U jami formatsiyalarning besh tipini farqlagan: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm,
kapitalizm, kommunizm. Jahon tarixiy jarayoni bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga 
yuksalishdan iborat bo‘lgan chiziqli jarayon sifatida tavsiflagan.
XIX asrda ishlab chiqilgan formatsion yondashuv o‘zini oqlamadi. Bunda tarixiy ri vojlanish 
jarayonini tushuntirishga nisbatan Marksning yondashuvi emas, balki uni dogmaga aylantirish va
mutlaqlashtirish shakllandi. Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar ekanlar, 
uning quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan, tarixning har qanday bosqichida jamiyat
hayotini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o‘rinli bo‘lmaydi. Ikkinchidan, 
bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga tabiiy yuksalish haqidagi monistik tasavvur inson
erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil yo‘llarini tanlashga o‘rin qoldirmaydi. 
Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib boruvchi chiziq bo‘ylab
formatsion rivojlanishning tor doirasiga sig‘maydi. Mazkur yondashuv amalga tatbiq etilganda har 
bir xalq va sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi va betakrorligi yo‘qoladi, ular ayni holda kelajak
barkamol jamiyatining sharti sifatidagina amal qiladi.
SHunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan
iborat bo‘lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi, ayniqsa, bo‘rtib namoyon 
bo‘ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. SHu sababli ushbu talqinni
tarixni tushunishga nisbatan o‘zgacha, nochiziq yondashuv bilan to‘ldirish talab etiladi. 
Sivilizatsionyondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir.
Falsafani tushunishga nisbatan sivilizatsion yondashuv XIX–XX asrlarda vujudga kelgan. U, 
asosan, ko‘p sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi
haqidagi g‘oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir 
chiziqli sxemasi rad etiladi.
Mazkur yondashuv asoschilaridan biri, tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy (1822–1885) 
bo‘lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo‘lgan, faoliyatning to‘rt muhim shakli yoki
sivilizatsiyalar «asosi» – diniy, madaniy, siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin