Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə148/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 

JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI

110
bo‘luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan.


Madaniytarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash 
jarayonida bo‘ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi.
Jahon tarixining mazmunini, Danilevskiy o‘zining alohida qonunlariga binoan rivojlanuvchi 
xalqlar madaniy-tarixiy tiplarining o‘z-o‘zini namoyon etish xususiyatlarini aniqlashdan iborat,
deb bilgan.Danilevskiy madaniy-tarixiy tiplar rivojlanishining ayrim qonunlarini
ta’riflagan: 1) bir tilda yoki o‘xshash tillarda so‘zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil
etadi; 2) madaniy-tarixiy tip vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy mustaqillik 
talab etiladi; 3) sivilizatsiyaning muvaffaqiyatlari madaniy-tarixiy tipning turli elementlariga
bog‘liq bo‘ladi; 4) sivilizatsiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, ularning ravnaq topish 
davri esa, qisqadir; 5) sivilizatsiyalar alohida va berk sharoitda rivojlanadi, lekin bu ular bir-biriga
ta’sir ko‘rsatmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.
Danilevskiyning qarashlarini nemis mutafakkiri Osvald SHpengler (1880–1936) rivojlantirgan.
U ham ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli evropotsentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. 
SHpengler falsafasida madaniyat asosiy kategoriya hisoblanadi. Faylasuf madaniyat deganda
o‘ziga o‘xshash boshqa «organizmlar»dan ajralib turadigan alohida «organizm»ni tushungan. 
Bundan yagona umuminsoniy madaniyat yo‘q va bo‘lishi mumkin emas degan xulosa kelib
chiqqan. Shu sababli Shpengler jahon tarixining yaxlitligi va yagonaligini, unda «o‘zgarmas va 
umumiy» jihatlar mavjudligini rad etgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind,
Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G‘arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. Shpengler 
fikriga ko‘ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida
mavjud bo‘ladi, shundan so‘ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok bo‘ladi. Har bir madaniyat o‘z 
teran mazmuniga ega bo‘ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. Shpengler tarixning
mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab etishdan iborat, deb hisoblaydi.
Lokal sivilizatsiyalar nazariyasining yana bir tarafdori, ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold
Toynbi (1889–1975)dir. U Danilevskiy va Shpenglerning tarixning siklliligi haqidagi 
fikrmulohazalarini rivojlantirib, uni ayrim, o‘ziga xos va nisbatan berk sivilizatsiyalar tarixlarining
yig‘indisi sifatida tushungan (dastlab, u, 23 sivilizatsiyani farqlagan, keyinchalik esa, ularni 13 
tagacha qisqartirgan). Toynbi sivilizatsiyalarga «evolyusion tipdagi faol tuzilmalar» sifatida
yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish
rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan o‘tgach,
sivilizatsiya, odatda, halok bo‘ladi va uning o‘rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi.
Toynbi, bu sivilizatsiyalarda oldinma-ketin yuz beruvchi ijtimoiy jarayonlarni o‘xshash, deb
hisoblab, shunga asoslangan holda, yaqin kelajakda, dunyo miqyosida yuz beradigan voqealarni 
bashorat qilish imkonini beruvchi, ijtimoiy rivojlanish takroriyligining ayrim formal empirik
qonunlarini keltirib chiqarishga harakat qilgan. U jahon tarixining mazmuni diniy evolyusiya 
hamda insoniyatning ma’naviy jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan. SHunday
qilib, sivilizatsion yondashuv nuqtai nazaridan tarixiy jarayon hujumkor xususiyati
«yuqori – quyi» ko‘rsatkichlari bilan emas, balki har bir sivilizatsiya o‘z rivojlanish va o‘z taqdirini
o‘zi belgilash jarayonida insoniyat filogenetik yo‘lining barcha asosiy bosqichlaridan o‘tishi va 
o‘z tarixi va betakror individualligiga ega bo‘lgan noyob ijtimoiy tuzilma sifatida qaralishi bilan
belgilanadigan izchil nochiziq jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Formatsion va sivilizatsion yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosalarga kelish imkonini
beradi: 1) formatsion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi 
va asosiy e’tiborni uning dinamikasiga qaratadi; sivilizatsion yondashuv esa, jamiyatning bir
qismini (ayrim sivilizatsiyani) o‘rganadi, jamiyatni esa, statik, deb e’tirof etadi; 2) formatsion 
yondashuv jamiyat hayotining iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizatsion yondashuv
asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi.




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin