Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə167/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 

122



Hayotni tark etish bosqichlari. 
Biologik mavjudot sifatida har bir inson o‘limga mahkumdir.
Buni qadimgi mutafakkirlar ham yaxshi tushungan. Xususan,o‘z muxoliflaridan birining: «O‘ttiz 
tiran seni o‘limga hukm etdi», degan gapiga Suqrot: «Ularni esa, o‘limga tabiat hukm etgan», deb
javob bergan. Ammo,odamzod ijtimoiy mavjudot sifatida ham o‘limga mahkumdir. Hozirgi 
zamon fanida o‘lish jarayonining to‘rt bosqichi farqlanadi. Bu bosqichlarga organizmda yuz
beradigan va uning qarishini tavsiflaydigan orqaga qaytarib bo‘lmaydigan biologik o‘zgarishlar 
sabab bo‘ladi. Xususan, 25 yoshdan boshlab va ayniqsa, 45 yoshdan keyin insonda har kuni u
tug‘ilgan paytga qadar «jamlangan» va boshqa hech qachon yangilanmaydigan o‘n minglab nerv 
hujayra (neyron)lari halok bo‘ladi. Ammo bosh miya qobig‘ida bunday hujayralar soni 40
milliardga etadi va shu sababli «qariyotgan normal miya uchun bu jiddiy oqibatlarga sabab 
bo‘lmaydi, chunki unda yana o‘n milliardlab neyronlar normal faoliyat ko‘rsatishda davom
etadi»

37
. Amalda insonning hayotni tark etishi u odamlardan o‘zini olib qochib, jamiyatdan 


uzoqlashishi bilan tavsiflanadigan

ijtimoiy o‘lim 
yuz berganida boshlanadi. Surunkali giyohvand 
moddalarini iste’mol qilish, kashandalik, ichki likbozlik, o‘z hayotidan doimiy norozilik ijtimoiy
o‘limni bildiradi. So‘ngra 


ruhiy 
o‘lim yuz beradi, bunda inson hayot tugagani va o‘limning 
muqarrar ekanligini va o‘z hayoti davomida hech narsaga erisha olmaganini anglaydi.
Miya 

o‘lishi
bilan bosh miya faoliyati butunlay to‘xtaydi, organizmning turli funksiyalarini boshqarish 
barham topadi. Bu jarayon

fiziologik o‘lim 
bilan yakunlanadi. Bunda insonning uni tirik organizm 
sifatida tavsiflovchi barcha funksiyalari uzil-kesil to‘xtaydi.

Suitsid
(lot. sui caedere – o‘zini o‘ldirish) – maqsadli ravishda o‘zini hayotdan mahrum qilish, 
odatda, ixtiyoriy va mustaqil ravishda o‘z joniga qasd qilish. Suitsidga mukammal ta’rifni fransuz
sotsiologi Emil Dyurkgeym bergan. Uning talqini bo‘yicha, shaxs tomonidan o‘zini kutayotgan 
natija haqida bila turib, sodir qilingan salbiy xatti-harakatning bevosita yoki bilvosita natijasi
bo‘lmish har bir o‘lim holati o‘z joniga qasd qilishdir. (Emil Dyurkgeymning 1897 yilda nashr 
etilgan “Suiqasd” asari suitsidga oid adabiyotning klassik namunasidir. Ushbu asarda olim mavjud
statistik ma’lumotlarga tayanib suiqasd nafaqat psixologik muammo, balki ijtimoiy ildizga ega 
xatar ekanligini isbotlagan.). O‘z joniga qasd qilish jamiyatda, odamlar orasidagi munosabatlarda
inson o‘zi echa olmagan yoki odatiy, hammaga ma’qul bo‘lgan yo‘l orqali echishni istamagan 
muammolar borligidan, shaxsiy musibat, umidsizlik va tushkunlik bilan bog‘liq tashvish
mavjudligidan darak beradi. O‘z joniga qasd qilishga ko‘pincha uzoq davom etadigan kasallik, 
ba’zan esa nogironlik ham sabab bo‘lishi mumkin. Adabiyotlarda uchraydigan suitsidal
harakatning 3 turini ko‘rib chiqamiz:

Namoyishkorana (demonstrativ)


Affektli



Haqiqiy

Demonstrativ hatti – harakatlar – bu boshqalar uni qutqarishni ko‘zlab, o‘z joniga qasd qilishning


bir ko‘rinishidir. Bunda o‘zgalarning diqqatini o‘ziga jalb qilish, o‘ziga nisbatan boshqalarda 
qiziqish uyg‘otish, boshqalarning rahmli bo‘lish hissini keltirish, tarafdor (hayrihoh bo‘lish), og‘ir
gunohni (aybni) qilib, jazodan qochish, ranjiganlik uchun o‘ch olish, adolatsizlik atrofdagilar 
ranjiganni ayblash holatlari uchraydi. SHuningdek, 16 yoshli bir qiz bir nechta aspirin va
paratsetamol tabletkalarini qabul qilgan. Uning ta’kidlashiga bunga sabab onasi bir yigit bilan 
do‘stlashishiga qarshi bo‘lganligi va uni tushunishni xohlamaslik bo‘lsa, u qizning bu tarzdagi
hatti-harakatlari og‘ir jarohatlanish natijasida o‘z sog‘lig‘iga suiqasd qilib kasalxonamakasalxona 
yurishi hayoliga kelmaganida.
Affektiv suitsidial hatti – harakat – yuqori affekt holatida ruy berishi bilan xarakterlanadigan xulq–
atvor tipi. Affekt holatidagi suitsidial harakatlar saxnalashtirilgan (spektakl) shaklida bo‘lishi
mumkin, ammo yanada haqiqiy niyatlar ham bo‘lishi mumkin, hattoki o‘zoq yillar o‘tsa ham. 
37
Годфруа Ж. Что такое психология. Т. 2. –М.: 1996 г. с. 11.





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin