8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)
123
Affektiv holatlar uzoqqa tuzilishi shuni ko‘rsatadiki, suitsidial harakatlarda beqarorlik
(ikkilanishlar) kuzatilishi mumkin. Bir kuni 14 yoshli qizoloq otasi o‘gay ona bilan yashayotgan
xonadonga keladi, agar otasi uyga qaytmasa o‘zini o‘ldirishini aytadi, bunga javoban o‘gay ona
qizning qo‘liga pichoqni ushlatib, hoziroq shu ishni qilishi mumkinligini aytadi. Qiz pichoqni
qo‘liga olgan holda chap qo‘liga bir necha marta uradi.
Haqiqiy turdagi suitsidial harakatlar – uzoq vaqtlar puxta o‘ylangan, aniq bir maqsadga qaratilgan
bo‘ladi. O‘smir bu ishni qilishdan oldin, shu ishning xavfsizligini o‘ylab qo‘yadi.
Oiladagi nosog‘lom psixologik muhit va oilaviy tarbiyadagi yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlar hamda
ta’lim jarayonida kuzatilayotgan nuqsonlar, bolalar va o‘smirlar yashayotgan mahallalar hayoti,
ularning psixologik muhiti voyaga etmaganlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga o‘z ta’sirini
o‘tkazmasdan qolmaydi. Ma’lumki, ob’ektiv shart-sharoitlar va ijtimoiy muhit voqeahodisalari
o‘smirning ongi, xohish-irodasiga bo‘ysunmagan holda ta’sir etadi va uning ongi, dunyoqarashi,
shaxs sifatida shakllanish va xulq-atvori mazmunini belgilab beradi. I.P.Pavlovning
ta’kidlashicha, inson va hayvon xulq-atvori mazmuni nafaqat nerv sistemasining tug‘ma
xususiyatlari, balki organizmga doimo ta’sir etib turuvchi tashqi ta’sirlar, ya’ni doimiy ravishda
berib boriladigan tarbiya yoki ta’lim jarayoniga ham ham bog‘liq bo‘ladi.
«Praksiologiya»
(yunon. «praktikos» – «faol») – falsafaning inson faoliyatini o‘rganishga
bag‘ishlangan bo‘limlaridan biri. Faoliyat tushunchasi inson borlig‘ining tabiati va mohiyatini,
uning shaxsiy imkoniyatlari, ijtimoiy aloqalari va munosabatlarini, inson ma’naviy dunyosi va
moddiy amaliyot jabhasini teranroq tushunish imkonini beradi. Inson faoliyati o‘ziga xos
xususiyatga ega bo‘lib, hayvonlar faolligidan butunlay farq qiladi. U individ va umuman jamiyat
borlig‘ining alohida usuli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |