Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə180/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI

132
vazifasini buzgan yozi buzmagan holda, turli shaklda moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy


naf ko‘rishi.” (BMT mansabdor shaxslarining obod-axloq Kodeksi 17.12.1979 y). “Korrupsiya – 
shaxsiy manfaati yo‘lida davlat hokimiyati vazifalarini suiiste’mol qilishi (BMTning
Korrupsiyaga qarshi xalqaro kurash bo‘yicha axborot hujjati). Korrupsiya – bu shaxsiy manfaat 
uchun davlat hokimiyati mansab vazifasini suiiste’mol qilish (Butunjahon banki hisoboti, 1997 y.)
Jahon miqyosida quyidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqarohuquqiy hujjatlarni 
alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir:
a)

BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi”;


b)

Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgorlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi;


v) Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun fuqaroviy javobgarlik to‘g‘risida”gi Konvensiyasi;
g) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida “Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik
asoslari to‘g‘risida”gi model qonuni;
d) “Osiyo Taraqqiyot Banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Osiyo va Tinch okeani
korrupsiyaga qarshi harakat dasturi”;
Mamlakatimiz 2008 yil 7 iyulda BMTning “Korrupsiyaga qarshi” Konvensiyasiga (Nyu-York,
2003 yil 31 oktyabr) qo‘shildi. Davlatimiz 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish 
tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashishning Istanbul rejasiga (2003 yil
10 sentyabr) qo‘shilgan. SHuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni 
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi
to‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilingan.
O‘zbekiston mintaqamizda birinchilardan bo‘lib “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul 
qildi. Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 3 yanvar kuni imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida”gi qonun muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 3moddasida 
asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar
to‘qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilgan, ya’ni 


korrupsiya
– shaxsning o‘z mansab yoki 
xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy
yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek 
bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda 
korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish,
ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini 
amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”
40
, deb ta’kidlab o‘tilgan.

40

Ш.М. Мирзиёев – Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз.
Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий 
Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ /. Тошкент : Ўзбекистон, 2016. – 10 б.





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin