Ekstrapolyatsiya metodlari – qonuniyatlari o‘tmishda va hozirgi davrda yaxshi ma’lum bo‘lgan
tendensiyalarni kelajakka tatbiq etishga asoslanadi. Masalan, biron-bir tizimga o‘tmishda
muayyan o‘zgarmas tezlik yoki tezlanish bilan rivojlanish xos bo‘lgan bo‘lsa, bizda bu tezlik yoki
tezlanish kelajakda ham muayyan vaqt oralig‘ida o‘zgarishsiz qoladi, deb hisoblash uchun asoslar
bor. SHunday qilib, o‘sish (pasayish) egri chiziqlarini grafik yoki analitik usulda davom ettirish
va prognoz ob’ekti bo‘lg‘usi holatining miqdor ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqarish mumkin.
SHunga qaramay, agar o‘rganilayotgan tendensiya boshqa tendensiyalar bilan o‘zaro ta’sirga
kirishish natijasida o‘zgarsa va bu o‘zaro ta’sirni lozim darajada o‘rganish imkoniyati mavjud
bo‘lmasa, ekstrapolyasiya metodi uncha samarali bo‘lmasligi mumkin.
Tarixiy analogiya – bu taqqoslash yo‘li bilan bilish. Taqqoslanayotgan ijtimoiy hodisalar
o‘rtasida farq ham, o‘xshashlik ham mavjud bo‘lishi kerak. Taqqoslash uchun asos bo‘luvchi
omillar taqqoslanishi lozim bo‘lgan hodisalarga qaraganda tanishroq bo‘lishi lozim. Tarixiy
analogiyaning ijtimoiy bashoratga moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir holdir,
zero kelajakka boshqa tarixiy sharoitlar yo‘ldosh. Tarixiy analogiya ko‘proq tarixiy faktni faol
tanqidiy tahlil qilishga ko‘maklashadi.
Modellashtirish metodi bilish ob’ektlarining o‘zini emas, balki ular ning modellarini o‘rganishga
asoslanadi. Tadqiqot ob’ektini modellashtirish – uni prognostik xususiyatga ega bo‘lgan xulosalar