Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


Global muammolarni echishda falsafaning roli



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə174/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Global muammolarni echishda falsafaning roli
. Og‘ir va murakkab vazifalarni echishda 
insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson imkoniyatlari
darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. 
Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o‘ziyoq
odamlarni fanga o‘z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa, bu muammolarni echish yo‘llarini 
izlashga majbur qildi.YUzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har
qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o‘rganish 
mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli o‘zaro aloqalari va o‘zaro
bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga 
ayrim fanlar qodir emas. Zero, o‘z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global
muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. Shu sababli, u yoki 
bu fan qaysi muayyan vazifalarni echishidan qat’i nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va
hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan 
falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o‘z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab 
etishga u yoki bu darajada muhtoj bo‘ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan
muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman 
fanning rivojlanishi ham mumkin emas.
Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. 
O‘zining, o‘z farzandlarining, o‘zi yashayotgan 
mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo‘lmasa kerak. Shu sababli, qadim
zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin