Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə183/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

10-MAVZU. 

MANTIQ 

ILMINING 

PREDMETI, 

ASOSIY QONUNLARI.


TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 

135


bo‘ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida 
ma’lumotlar olinadi.
Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bo‘lgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar 

kiradi:
Birinchidan, hissiy bilish ob’ektning (predmetning yoki uning birorta 


xususiyatining) sub’ektga (individga, to‘g‘rirog‘i, uning sezgi organlariga) bevosita


ta’sir etishini taqozo etadi. Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta 
hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet emas, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa
predmet–signal ta’sir etadi. 
Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari: sezgi, idrok va tasavvur predmetning tashqi 

xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi.


Uchinchidan, hissiy bilish shakli predmetning yaqqol obrazidan iborat. 

To‘rtinchidan, hissiy bilish konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi 


uchun ham har bir alohida holda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bog‘liq
tarzda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. 
Beshinchidan, hissiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz 

bilish mavjud bo‘la olmaydi. CHunki inson tashqi olam bilan o‘zining sezgi


organlari orqali bog‘langan. Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari 
sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga tayanadi.
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog‘liq. 

Xususan, nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yo‘li


bilan, ya’ni tajribada bunday bilimlarning ob’ektini qayd etish orqali asoslanadi. O‘z 
navbatida, hissiy bilish, umuman olganda, aql tomonidan boshqarilib turadi, bilish
oldida turgan vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan 
boyitiladi. Masalan, guvohlarning bergan ko‘rsatmalari asosida jinoyatchining
portreti (kompyuter yordamida fotoroboti yaratiladi yaqqol his qilinadi va qidiriladi.
Lekin, shunga qaramasdan, hissiy bilish o‘z imkoniyatlari chegarasiga ega. U bizga 

alohida olingan predmetlar (yoki predmetlar to‘plami), ularning tashqi belgilari


haqida ma’lumot beradi. Unda mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik 
(masalan, muz bilan havoning harorati o‘rtasidagi bog‘lanish) o‘rganilmaydi, 

predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy


xususiyatlari farq qilinmaydi. 
Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. 

Tafakkur bilishning yuqori-ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bosqichi bo‘lib,


unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular 
o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi.
Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: 
Tafakkurda voqelik mavhumlashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. 

Hissiy bilishdan farqli o‘laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi


darajali (bu odatda bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan fikran 
chetlashgan, mavhumlashgan holda, e’tiborimizni uning umumiy, muhim,





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin