Oddiy sanash orqali induktiv xulosa chiqarish. Bu ommabop induksiya , deb ataladi.
4.
11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
169
Yer va Quyosh solishtirilayapti, deylik. Yerning quyoshga o’xshash elementlari: a) har ikkisi bir
sistemaga kiradi. b) spektral analiz orqali har ikkalasining kimyoviy tuzilishi o’xshashligi
aniqlandi. v) Quyoshda geliy mavjudligi aniqlandi va shu asosda geliy Yerda ham mavjud bo’lsa
kerak, degan xulosa chiqarildi. Keyinchalik bu xulosa geliy elementining kashf qilinishi bilan
isbotlandi.
Analogiya yordamida xulosa chiqarishdan amaliyotda keng foydalaniladi. Masalan: g’o’zadagi
ko’sakka qarab, hosildorlikni aniqlash; ekin zararkunandalariga qarshi kurashning biologik usulini
topish; turli texnik vositalar, moslamalar yasash, kibernetik mashinalarni yaratish va boshqalarda
mantiqiy fikrlashning analogiya usulidan foydalanilgan.
Analogiya yordamida chiqarilgan xulosalar insonning
olam haqidagi bilimlarining
chuqurlashuviga xizmat qiladi.
Odatda, analogiya bo’yicha chiqariladigan xulosa ehtimollik xarakteriga ega bo’ladi, uning
haqiqatga qanchalik yakinroq bo’lishi bir qator omillarga bog’liq bo’ladi:
-
o’rganilayotgan va solishtirilayotgan ob’ekt mumkin qadar ko’proq umumiy belgilarga ega
bo’lishi;
-
bu belgilarning mumkin qadar ko’proq narsa va hodisalar mohiyatidan kelib chiqishi.
Xulosaga asos qilib olingan axborot (belgi, tomon va hokazo)ning xarakteriga ko’ra analogiya 2
ko’rinishda namoyon bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: