Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə233/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Tayanch tushunchalar:
Axloqshunoslik, Etika, Axloq, Xulq, Odob, Falsafa, Milliy g‘oya,
Noosfera, Etosfera, Biosfera. Muhabbat va nafrat, Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik,
Adolat, Vijdon, Burch, Nomus, Ideal, Insonparvarlik, Erkparvarlik, Vatanparvarlik,
Millatparvarlik, Tinchlikparvarlik, Jo‘mardlik, Xalollik, Rostgo‘ylik, xushmuomalalik, Kamtarlik.

1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi.
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel 
o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa,
matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika 
va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida
shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa 
ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari,
jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va 
kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha
so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu 
tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks
ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida, 
oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi.
Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning 
tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga
xos ko‘rinishini anglatadi.
Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob»
tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.
A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot
uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, 
milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Axloq esa–jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy 
xattiharakatlar yig‘indisidir».
42

Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir


shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir.
Axloq ijtimoiy xodisa sifatida insoniyat jamiyati vujudga kelishi bilan bir vaqtda jamoalar
bilan shaxslar o‘rtasidagi ehtiyoj va manfaatlarga xizmat qiluvchi aloqa tarzida vujudga kelib, 
o‘zining tarixiy taraqqiyotida:
-

insonning tabiiy xislatlarini o‘zgartiruvchi, yaratuvchi faoliyati shaklida


umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi;
-

jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi 


ma’naviyijtimoiy omil asoslaridan biri;


42

A. Sher. «Axloqshunoslik». Т., 2010 y.







Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin