Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə250/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 

192
Epikurning fikriga ko‘ra insonda tanlov ixtiyori bor. U xam Demokrit kabi ezgulik xaqidagi


ta’limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning uchun eng muhim ruhiy xotirjamlik. 
Do‘stlaridan birini u shunday deb yozadi; - “3arrin to‘shagu to‘kin dasto‘rxoning bo‘lib, bexalovat
yashagandan ko‘ra, poxol to‘shakda xotirjam yotganing afzal!” Fazilatlar orasida Epikyp adolat 
bilan donishmandlikka aloxida e’tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida mutlaqlik va nisbiylik
xollari mavjudligini ta’kidlab o‘tadi: “Umuman, adolat xamma uchun bir xil, chunki u odamlararo 
munosabatlardagi foydali xodisa, lekin muayyan mamlakatlarning o‘ziga xosligi nyqtai nazaridan
va shunga o‘xshash boshqa sharoitlarda adolat barcha uchun bir xilda bulolmay qoladi” 
Fazilatlarning mohiyati insonni lazzatga olib borishidan, xotirjamlikka hamda ruxning faoliyatli
holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa axloqiy va jismoniy sog‘lomlikdan yuzaga keladi.


O‘lim
qarshisidagi qo‘rquv borasida gapirib, Epikur, uning manbaini ruhning o‘lmasligi va 
iztiroblarning abadiyligi haqidagi noto‘ri tasavvurlarda deb xisoblaydi. Zero ruh ham vujud singari
atomlardan iborat. Tabiatdagi hamma narsa atomlar birikuvidan hosil bo‘lgan ularning 
parchalanishi bilan ruh ham parchalanadi. O‘lim xavfining asossiz ekanini isbotlash uchun u
shunday deydi; “Yovuzlikning eng dahshatlisi bulmish o‘limning bizga hech qanday aloqasi yo‘q 
chunki biz hali mavjud ekanmiz, o‘lim kelmaydi, o‘lim kelganda esa biz mavjud bo‘lmaymiz.
Shunday qilib, o‘limning tiriklarga ham, o‘liklarga ham aloqasi yo‘q chunki birlari uchun u mavjud 
emas, boshqalarning esa o‘zlari mavjud emas”.

Epikur
iztirobdan qochishni emas uni engish kerakligini ta’kidlaydi. Buning uchun axloqiy 
qat’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi ko‘yilishi kerak, uning axloq ideali - erdagi
hayotga nafrat bilan qaramaydigan, aksincha tabiat bilan hamnafas bo‘lib, ya’ni tabiat belgilab 
bergan hayotiy maqsadga muvofiq yashaydiran donishmand, faylasuf. Aynan tabiatga
muvofiklikda , turli bid’at va aldamchi fikrlardan qytilib, o‘z ehgiyojlarini tabiiy zarurat bilan 
moslashtirilgan holdagina donishmand tafakkur va ichki erkinlik borasida oliy darajadagi lazzatga
erishadi.Donishmand o‘z kuchi me’yorini biladi va undan oqilona foydalanadi. Unga baxt manbai 
- faqat ma’naviy ezgulikda, do‘stlik bilan bilimda bo‘lgan nisbatan mustahkam va uzoq muddatli
lazzatda ekani ayon.
Epikur odamlarning munosabatlarida hammasidan avval tenglik va hamfikrlilikka asoslangan
do‘stlikni qadrlaydi. Falsafa bilan shyg‘yllanish ham xuddi do‘stlik singari ruhan xotirjamlikka 
etishishga olib keladi.
Qadimgi Sharq axloqshunosligi, erishgan yutyqlarni yuksak nazariy darajara ko‘targan Qadigi 
Yunon axloqshunosligi jahonshymyl ahamiyat kasb etdi. Yunonlik mutafakkirlar ilk bor inson
shaxsni, inson xatgi-harakatiga asoslangan niyatni tadqiq etishga va axloqiy qilmish 
muammolarini tushuntirishga urindilar.
Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an’analarini Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark 
Avreliy, Sekst Empirik singari Qadimgi Rumo mytafakkirlari davom ettirdilar.
Tit Lukretsiy Kar (miloddan avvalgi 99-44 yillar), Epikur aaxloqiy ta’limotining izchil 
himoyachisi sifatida, mashhur “Narsalarning tabiati haqida” degan dostonida ruh va vujudning
ajralmas aloqasini ta’kidlaydi, ruhning o‘lishi to‘g‘risida fikr yurigadi, insonning o‘lim 
qo‘rquvidan xalos bo‘lishida axloqiy ma’no borligini aytib o‘tadi. Ulim qo‘rquvidan va ma’budlar
oldidagi qo‘rkuvdan xalos bo‘lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aql –idrok va histuyg‘ular 
sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi.





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin