Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə273/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 

222
biriga badarg’a qildi uning nomini matbuotda yoki kitoblarda qayd etlhshinl taqiqladi. Vaholanki,


u hammadan izzatliroq yashashi mumkm edi. Saxarov yuksak axloq yo'lini tanladi - olimlik bur 
chi

odobi talablarini bajarish har qanday boylik, izzat-ikromdan baland qo’ydi. Buyuk olim


kashfiyoti insonning eng oliy huquqi bo‘lmish yashash huquqiga rahna solishi mumkinligi va
qisman solayotgani uchun uni amalda qo’llanilishiga qarshi kurashdi. U sho‘rolar hukumati va 
mafkurachilari tomonidan o'zining Vatan mudofaasi quvvatini susaytirishga harakat qilgan salkam
xiyonatkor fuqaro deb e’lon etilishiga, boshiga behisob tuhmatlar, ta’na-dashnomlar 
yog‘dirilishiga sabot bilan chidadi, ahdidan qaytmadi, yovuzlik saltanati qo‘lida o‘z olimlik
iste’dodining qo‘g‘irchoq bo’lishiga, harbiy murvatga aylanishiga yo‘l qo‘ymadi. Oxir-oqibatda u 
inson huquqlarining jahon tan olgan eng buyuk himoyachilaridan biri sifatida butun insoniyat
tahsiniga sazovor bo‘ldi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Bulardan tashqari, muallimlik odobi, huquq-tartibot xodimlari odobi, muhandis odobi singari
birqancha kasbiy odob turlari borki, ular ham jamiyatda axloqiy munosabatlar silsilasida muhim 
ahamiyatga ega. Shuni aytish kerakki, barcha kasbiy odob qonun-qoidalarining ta ’sir doirasi,
miqyosi bir xil emas. Ba’zi bir kasbiy odobning buzilishi oddiy odobsizlik doirasidan chiqib
axloqsizlikka aylanib ketadi. Masalan, rahbarlik odobidagi ba’ zi nuqtalarga to‘xtalaylik. Rahbar
quyi lavozimdagilarga mensimay, qo‘pol munosabatda bo'lishi, o'ziga ishonib topshirilgan hudud 
yoki tashkilotdagi oddiy odamlar arz-dodiga, orzu-istaklariga
to'ralarcha qarashi odobsizlikka kirsa, uning shaxsiy boylik orttirishi yo‘lida korrupsiya vositasida 
mamlakat, viloyat yoki tashkilot manfaatlarini qurbon qilishi axloqsizlik, nafaqat rahbarlik
kasbiga, balki Vatanga ham xiyonat tarzida baholanishi mumkin. Ba’zan kasbiy odobning kasbiy 
axloq deb atalishi ham ana shundan. Rahbarlikning axloqiy jihatlari, rahbar borasida Islom
Karimovning mana bu fikrlari bag‘oyat ibratlidir: «Oddiy odamlarning rahbarlarga munosabati 
ikki fuqaro o‘rtasidagi munosabatgina emas. Ayni paytda u jamiyatda qaror topadigan ma’naviy-
ruhiy, siyosiy-axloqiy muhitni ham yaratadi. Haqiqiy rahbar odamlarning ko'ngliga yo‘l topib, 
ularni ezgulikka, yaxshilikka, yaratishga da’vat etadi»
51
. Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib 

turibdiki, kasbiy odob muammosi, ba’zilar o’ylaganidek, axloqshunoslikning mayda


masalalaridan emas. Uni har tomonlama o ‘rganish, kasbiy erkinlik va kasbiy burch munosabatini 
tadqiq etish XXI asr axloqshunosligida muhim o ‘rin egallayajak. Zero, kasbiy odob shaxs va
jamiyat axloqiy hayotida o ‘zini amaliy axloq tarzida namoyon etuvchi ma’naviy hodisa sifatida 
baholanishi lozim.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin