Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə275/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

kosmopolitizmga moyillik.

Bugungi dunyo boshidan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta imkoniyatlar


eshigini ochib bermoqda. Lekin, ayrim kuchlar dunyoni yanada murakkablashtirishga xarakat 
qilayapti. Xususan, doimo zo‘ravonlik va gegemonlik hisobidan boylik orttirib kelgan kuchlar
«ommaviy madaniyat» shiori ostida turli salbiy g‘oyalarni keng targ‘ib qilmoqdalar. Kimki 
«ommaviy madaniyat» ortidan ergashsa, o‘zining ijodiy qobiliyatidan yiroqlashadi va tayyor
madaniy mahsulotlar «iste’molchisi»ga aylanib qoladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, «ommaviy 
madaniyat» asosan hayotiy tajribasi kamroq yoshlarni ohanrabodek o‘ziga tortadi. O‘zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti o‘zining «YUksak ma’naviyat – engilmas kuch» nomli asarida 
haqli ravishda ta’kidlaganidek, «Tabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy
buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning 
hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush
tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni 



15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 

224
tashvishga solmay qo‘ymaydi»


52
. Ommaviy madaniyatni niqob qilib, buzuqlik va zo‘ravonlik 

singari inson shaxsini ruhan emiradigan g‘oyalarni targ‘ib etadigan asarlarning haqiqiy


madaniyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Ushbu madaniyatning asosida avvalo tijorat, moddiy 
manfaatdorlik borligini zamonaviy fan ham e’tirof etmoqda.
Shunday ekan, ommaviy madaniyatni niqob qilib olgan aksilmadaniyatga, uning didsizligiga va 

axloqsizligiga, insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga qarshi kurashish davr


talabidir. Unutmaslik kerakki, ba’zi ijtimoiy qatlamlarning rivojlanmagan didiga «ommaviy 
madaniyat»da ko‘p uchraydigan mazmunan sayoz, siyqa va jo‘n mahsulotlarning mos kelishi va
mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Jahon taraqqiyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, texnologik 
jarayonlar har qanday qudratli bo‘lmasin, hayotni olg‘a boshlaydigan, unga ma’no-mazmun baxsh
etadigan kuch baribir, madaniyat va ma’naviyat bo‘lib qolaveradi. 



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin