Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


 Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə274/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

4. Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari 
Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya 

insonning shaxs bo‘lib yetishuvini ta ’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda individ


axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi,axloqiy tamoyillar 
va me’yorlar asosida yashashga o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim
masalaga javob izlaydi: bulardan biri — qanday yashamoq kerak, ikkinchisi — nima qilmog‘-u, 
nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy
ko'rinishidir. Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota-
onaning o‘zi axloqiy tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak degani. Zero, qush inida ko‘rganini qiladi: ota-
ona oilada yuksak axloq namunasini ko‘rsatishi lozim. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, 
axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik
qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To‘g‘ri, axloqiy tarbiyaning ahamiyati 
nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng muhimi sifatida ato
etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat asosni axloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. 
Aks holda maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin bo‘lur
edi.

51

I.A.Karimov .Biz o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.T.O’zbekiston 1999 y. 77 bet




15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 

223
Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka yetkazish yo‘llaridan biri.


Uning vositalari ko‘p. Ulaming bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo‘lsa, yana bir qismi 
zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha
bo’lgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an anaviy tarbiya bilan o‘yinchoqlar va 
o‘yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo‘llaniladi; bunda bola qizg‘anchiqlik,
g‘irromlik qilmaslikka, halol bo‘lishga o'yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar axloqiy 
tarbiyasida televideniye, radio, qo‘g‘irchoq teatri, kino san’ati katta rol o ynaydi. Umuman,
axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi — san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli 
yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli.
Ertakdan tortib romangacha bo‘lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy 
shakllanishida ulkan xizmat ko‘rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va
yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan 
tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga mo‘ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va
nasihatlar majmualari borki, biz ulami, awal aytganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: “Kalila va 
Dimna”,”Qobusnoma”, “Guliston”, “Zarbulmasal” singari bunday mumtoz asarlar an’anaviy
axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan qancha avlodlarga xizmat qilib 
keldi, bundan buyon ham shunday bo‘lib qolajak. Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun
dolzarb bo‘lgan yo‘li, bu — namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-
ona bolaga axloqiy namuna bo'lishi kerak. Maktabda va oliy o‘quv yurtida muallimlarning ta ’lim
berish usullaridan tortib, to “maydachuyda” xatti-harakatlarigacha o‘z shogirdlari tomonidan 
shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz shogirdlik
munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo‘ylik yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini 
ta’minlovchi omillardandir.
Hoziigi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televideniyeni keltirish 
mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko‘rsatish
imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan muntazam 
ko’rsatuvlar ham berib boriladi. o ‘zbek tilidagi “Otalar so‘zi — aqlning ko’ zi”, “Rivoyat”,
“Oqshom ertaklari” singari ko'rsatuvlar bunga misol bo‘la oladi. Shu bois televideniye hech 
qachon yengiltaklikni targ‘ib etuvchi qo’shiqlar, salkam pomografik reklamalar, inson qalbini
qattiqlashtiradigan “o’ldir-o’Idir”lardan iborat seriallar korxonasi bo‘lib qolmasligi kerak. 
Axloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning o‘zagini tashkil etadi, biz ko rib o tgan muomala
odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy xatti-harakatlar uchun asos vazifasini o‘taydi. Biroq u o 
‘zini yetarli namoyon qilishi uchun ta ’lim bilan doimiy aloqada bo‘lishi shart. Shuning uchun biz
ko‘pincha “ta’lim-tarbiya” degan qo'shaloq atamani qo‘llaymiz. Ta’lim-tarbiyada 
tarbiyalanuvchiga bola deb emas, bo‘lajak komil inson deb qarash muhim.
Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy tarbiyada 


Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin