Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə307/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI

254
zamondagi voqelik vositasida go‘zallik, ulug‘vorlik, fojeaviylik, kulgililik, xunuklik, tubanlik v.b. 


estetik xususiyatlarni in’ikos ettirishi hamda ularni baholashi bilan belgilanadi. San’at


qadriyatlarning qadrlanishini va qadrsizlangan qadriyatlarni ko‘rsatib beradi, bir odam yoki bir 
necha odam timsolida odam bilan olamning yaxlit, umumlashgan qiyofasini yaratadi, ularning
uyg‘unligini ta’minlaydi. U kishini yashashga o‘rgatadi, go‘zallikka da’vat etadi, ma’naviy 
yuksaltiradi. SHu sababli insoniyat tarixida san’atsiz yashab o‘tilgan birorta ham davr yo‘q.
Faylasuf-nafosatshunoslar o‘rtasida san’atning kelib chiqishi muhim muammolardan bo‘lib 
kelgan. San’atning kelib chiqishi deganda ko‘pchilik g‘orlarning tosh davrlariga ibtidoiy davrlarda
chizilgan ov manzalari va ov hayvonlarining tasvirini nazarda tutadi. Vaholanki gap bu erda 
san’atning qanday paydo bo‘lganligi emas, balki nimadan paydo bo‘lganligi to‘g‘risida borishi
kerak. Ba’zilar uni taqliddan, bosh: erotik hissiyotlardan, kimlardir o‘yindan, kimdir mehnatdan 
kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Bunday nazariyalar va konsepsiyalar anchagina, lekin ular
orasidagi ikkitasining tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardan biri – insonni hayvonlik 
darajasidan odamlik pog‘onasiga ko‘targan narsa mehnat, san’at ham mehnatdan, insonning
olamni o‘zgartirishga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan, san’at faqat ijtimoiy hodisa degan 
moddiyatchilar ilgari surgan qarash. Ikkinchisi – san’at insonga berilgan ilohiy zavqning,
ma’naviy olamning o‘yin orqali namoyon bo‘lishi, degan ma’naviyatchilar nazariyasi. Biz ana shu 
ikkinchi qarash tarafdorimiz. Buning sababi shuki, mehnat, qanchalik qadrlamaylik, qanchalik
sharaflamaylik, u – majburiyat bilan bog‘liq, maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy hodisa, o‘yin esa 
har qanday majburiyatdan yiroq, maqsadga muvofiqlik bilan shartlanadigan individualijtimoiy
hodisa. Demak, mehnat –zaruriyat, o‘yin – erkinlik. Inson mohiyatan erkin va erkinlikka intilib 
yashaydigan mavjudot sifatida o‘z erkinligini eng avvalo o‘yinda namoyon qiladi. O‘yinsiz
insonning yashashi mumkin emas, usiz inson hayoti jahannam. Bu o‘rinda yana bir bor SHillerning 
mashhur fikrini keltirish o‘rinli: «Inson faqat tom ma’noda inson bo‘lgandagina o‘ynaydi va
o‘ynayotgan paytdagina to‘liq insonga aylanadi.
O‘yin nazariyasining XX asrda eng yirik namoyandasi niderlandlik faylasuf – nafosatshunos
YOxon Huyzinga o‘zining «Homo ludens» (O‘ynayotgan odam) asarida o‘yin umumbashariy 
madaniyat vujudga kelishining va taraqqiy topishining sharti degan g‘oyani ilgari suradi.
SHopenhauer uchun «ixtiyor atamasi qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, Huyzinga uchun «o‘yin» 
tushunchasi shunday qamrovli, o‘yin hayvonot olamida ham, insoniyat jamiyatida ham ibtidolar
ibtidosi: «Huquq, go‘zallik, haqiqat, ezgulik, ruh, Xudo singari deyarli barcha mavhum 
tushunchalarni inkor etish mumkin, - deb yozadi faylasuf. – Jiddiylikni inkor etsa bo‘ladi.
O‘yinni esa – yo‘q». Boshqa bir o‘rinda to‘g‘ridan-to‘g‘ri «o‘yin erkindir, o‘yin erkinlikdir», 
degan fikrini bildiradi.
SHuni aytish kerakki, hayvonot olamidagi o‘yinning insoniyat jamiyatidagi o‘yindan farqi 
bor. Insonning o‘yini esa, ma’naviy hodisa, to‘g‘rirog‘i, ijtimoiylashgan ma’naviyat, u eng avvalo
estetik ehtiyojni qondirishga qaratilgan.O‘yinning inson hayotidagi barcha sohalarda ishtirok 
etishini, uning rang-barangligi, qamrovligi, universalligini va erkinlik bilan bog‘liqligini o‘zbek
tilidagi «o‘yini o‘zagidan yasalgan so‘zlarining ko‘pma’noliligida, ham ko‘rishimiz mumkin. SHu 
o‘zakdan yasalgan so‘z va iboralardan bir nechasini keltiramiz: shaxmat o‘yini; so‘z o‘yini;
«siyosatchining» o‘yini, aktyor o‘yini; «o‘rtaga, chiqib o‘ynab ketdi», «yuragi o‘ynab ketdi», 
«ko‘zi o‘ynab ketdi»; «dorbozlar yaxshi o‘yin ko‘rsatadi»; «Salim kechagi to‘yda toza o‘yin
ko‘rsatdi». v.h.
Ma’lumki, hech qanday o‘yin jarayoni bir kishi ishtirokida ma’noga ega bo‘lmaydi, u o‘yin
emas. O‘yinning, o‘yin bo‘lishi uchun kamida ikki odam kerak. CHunki unda inson o‘zini, biror 
bir sohadagi mahoratini boshqalarga ko‘rsatadi, o‘z imkoniyatlarini o‘zgalarga namoyish etadi.
Demak, o‘yin-jamoaviylik bilan o‘yin; bir o‘zi uchun o‘ynagan odam esa, odatda aqldan ozgan 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin