Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


Milliy va umumbashariylik xususiyati



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə310/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Milliy va umumbashariylik xususiyati.
Bu o‘rinda biz, e’tibor qilsangiz, milliylikni 
umumbashariylik bilan birga, ajralmagan holda keltiryapmiz. Gap shundaki, ularni boshqa barcha
sohalarda alohida-alohida olib qarash mumkin. Faqat san’atda emas, san’atda ular dialektik 
yaxlitlikda namoyon bo‘ladi. YA’ni haqiqiy milliy qadriyatga aylangan badiiy asargina asl
umuminsoniylikni va aksincha, haqiqiy umumbashariy qadriyatga aylangan asargina tom 
ma’nodagi milliylikni o‘zida mujassam etadi. CHunki inson ravnaq topib, taraqqiy qilishi uchun
milliylikdan umuminsoniylikka qarab borishi kerak, tarixda ham doimo shunday bo‘lib kelgan.
Inson esa san’atning badiiy tadqiqot ob’ekti. SHu sababli milliy mahdudlikni targ‘ib etgan yoki
hech qanday milliy ildizga ega bo‘lmagan «umuman» insonni, milliy-mintaqaviy hududlardan 
tashqaridagi «muallaq» odamni tasvirlagan badiiy asar hech qachon san’at darajasiga ko‘tarila
olmaydi.


Originallik (yangilik)-ijodiylik tamoyili.
Har bir ma’naviy hodisada bo‘lganidek, 
san’atda ham uning asosini tashkil etadigan, tamal toshi vazifasini o‘taydigan tamoyillar mavjud.
Ulardan birinchisi - san’atning yangilik (orginallik) yoxud ijodiylik tamoyili. CHunki ijod mahsuli, 
ijod qilishi – kashf etish, shu kungacha mavjud bo‘lmagan narsani yaratish demakdir. Bunday
yangilik muayyan san’at asarining shakl, mazmun, uslub v.b. jihatlari bilan o‘zidan avvalgi 
asarlarini takrorlamasligini, o‘sha asarlar bilan yonma-yon qo‘yganda, ulardan ijobiy o‘ziga
xosligi tufayli ajralib turishini taqozo etadi.


Haqqoniylik tamoyili.
U san’at asarida in’ikos etayotgan inson xatti-harakatlarining
ilg‘or g‘oyalarning, badiiy usullarning, butun ifodaviy-tasviriy vositalarning bir-biri bilan uyg‘un,
maqsadga muvofiq tarzda berilishini ta’minlaydi. Zero umumiylikni – xususiylikda aks ettirish, 
makon, zamon va inson yaxlitligini badiiy qiyofalarga ko‘chirish san’atkor uchun eng murakkab
ish. Bunda iste’dod, xayolot, tasavvur va mahorat katta rol o‘ynaydi. Asardagi har bir epizod, har 
bir rang, har bir misra, har bir tovush idrok etuvchini ishontirishi, unda shubha uyg‘otmasligi
kerak. San’atkor uni, qadimgi yunonlar ta’biri bilan aytganda, «go‘zal yolg‘onga» ishontirishi, 
ro‘y bermagan, lekin ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqelikni ro‘y bergan deb idrok etishga «majbur
qilishi» lozim. SHu sababli haqqoniylikni faqat real hayotga yaqinlik – hayotiylik bilan izohlash 
uni jo‘nlashtirish demakdir. Haqqoniylik tamoyiliga amal qilinmasa, asarlar juda oz muddat
yashaydi, haqqoniylikning yo‘qligi sxematizm va soxtalikni barqaror etadi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin