Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə34/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 


SHARQ FALSAFASI 

28


tafakkurining yirik namoyandalari orasida Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomuschi-olim, 
Yaqin va O‘rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk faylasuf va tabib Ibn Sino
(Avitsenna), atoqli astronom, matematik, shoir va mutafakkir Umar Xayyom, tabib va faylasuf 
Ibn Rushd (Averroes) bor.
Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al-Forobiy 
(870–950, asarlari: «Kitob ul-Xuruf», «Fozil
odamlar shahri», «Siyosat falsafasi», «Fuqarolik siyosati») falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid 
yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda
mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. 
Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni
birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. 
Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni
vaqtda «ko‘p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya’ni «yagona» muhitdan borliqning turli 
muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi to‘qqiz gumbaz
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu gumbazlarda ularning Yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan 
jonlar yashaydi. Gumbazlar o‘z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang-
barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta’limotidan 
foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo‘shilmagan, chunki,
uning paydo bo‘lishi va o‘limi tananing paydo bo‘lishi va o‘limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb 
hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiy ijodida bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi
emas, balki dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab etish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar 
tabiatini sezgilar idrokidan foydalanib anglab etadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab etiladi.
Bunda aql, avvalo, mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a’zolari beruvchi materialdan foydalanishi 
lozim.
Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo‘lsa-
da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini echishga intilish bilan tavsiflanadi.
Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, 
er, suvni; shuningdek, minerallar, o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab
o‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning ob’ektiv mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy 
qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Forobiyning gnoseologiyasi
tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa fanlar sohasidagi bilimlarga 
asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir, deb
hisoblaydi. Forobiy fikricha, ob’ekt sub’ektga qadar mavjud bo‘lgan. Seziladigan narsalar 
sezgilardan oldin paydo bo‘lganidek, bilish mumkin bo‘lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo
bo‘lgan

5
.

Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida o‘zlashtiradi. Bu
jarayon sezish, idrok etish, xotirlash, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza yuritish, 
tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni o‘rganadi. Forobiy «Fan
va san’atning o‘ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu 
bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni bilishga
eltuvchi yo‘l ekanligini qayd etadi.
Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga o‘tishini qat’iyan rad etadi va ruh ham, tana kabi
substansiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. Uning bu fikri noizchil bo‘lgan. 
Bunday noizchillik Aristotelning bilish nazariyasida ham kuzatiladi. Aristotelga ergashib Forobiy
5

Фараби. Комментарии к категориям Аристотеля // Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и 


Среднего Востока. –М.: 1961 г. с. 191.






Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin