«Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsad, maqsadga muvofiqlik, mo‘ljal bormi?»
4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI
49
ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. SHu tariqa inson va uning ongi o‘zini qurshagan barcha
narsalar, avvalo, mavjud bo‘lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Borliq kategoriyasi esa xuddi shunday eng umumiy tomonni; ya’ni hamma moddiy va
ma’naviy predmet va hodisalarni realligini ifodalaydi. Ikkinchi yo‘nalish vakillari esa, borliq avvalo,
mavjudlik orkali ifodalanar ekan borliq kategoriyasini ishlatishda ehtiyoj yo‘q,
chunki borliq
tushunchasi mavjudlik tushunchasiga nisbatan hech bir yangilik bermaydi deyishadi. Gap shundaki,
borliq falsafiy kategoriya sifatida faqat mavjudliknigina
ifodalab qolmasdan,
balki mavjudlikka
nisbatan umumiyrok va kengroq mazmunga ega bo‘lgan reallikni bildiradi.
Shunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch
kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi
masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi. Mifo
logiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni falsafa «borliqning
nimaligi, u qaerdan paydo bo‘lgani va qaerga yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani
tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar
barcha zamonlarda quyidagi
savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar:
•
falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
•
bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
•
unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham
murojaat etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo‘yicha ta’lim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan
tanish bo‘lishlari lozimligini hisobga olib, bu erda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha to‘xtalamiz
va mazkur muammoni anglab etish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz.
Dostları ilə paylaş: