Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə61/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 

51
u dolzarb va amalda namoyon bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lsa, agar upotensial, ya’ni axborot 


manbalarida mavjud yoki uning paydo bo‘lishi ob’ektivrivojlanish mantig‘i bilan belgilangan bo‘lsa.


Amalda yo‘q bo‘lgan narsa haqidaideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga 
ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‘tmishga tatbiqan biz borliq
haqida faqat shu ma’noda so‘z yuritishimiz mumkin.Ayni shu ma’noda biz g‘oyalar, narsalar, voqealar, 
tarixiy shaxslar yoki o‘zimizga yaqin odamlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz, bunda ular yo‘qlikka
aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o‘zgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz.
Shunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-tuman
namoyon bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmetlar
hodisalar o‘z xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi
bo‘lmish insonni bilish yo‘lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning 
rangbarangligi, turli darajalari, ko‘rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar haqidagi
mulohazalarning asosiy koordinatalar tizimi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substansiya, 
materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi. Inson o‘zi
va umuman dunyo haqida o‘ylar ekan, odatda, muayyan narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish 
ko‘radi. Ayni vaqtda, u o‘zini qurshagan dunyoni sinchiklab o‘rganish va uning butun rangbarangligini
tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-
shubhasizmavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan
oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o‘rta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men 
fikrlayapman, demak mavjudman», degan ongli inson amal qilganini ko‘ramiz. Ammo inson bilishning
bu birinchi bosqichida to‘xtab qolmagan va o‘zini qurshagan borliqning ko‘p sonli turli-tuman holatlari 
orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu
shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan.


Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin