Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


Borliq  tushunchaning etimologiyasi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə59/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Borliq 

tushunchaning etimologiyasi. 
«Borliq» falsafiy kategoriyasi na faqat eng muhim, balki boshqa 
kategoriyalar orasida ayniqsa, ko‘p ishlatiladigan kategoriya hisoblanadi. Bu holni shu bilan izohlash
mumkinki, uning kelib chiqishi dunyoning ayniqsa, keng tarqalgan tillarida ayni bir ma’no – 



4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 

50
«bo‘lish»,«mavjud bo‘lish», «hozirlik», «hozir bo‘lish», «mavjudlik» ma’nolarini anglatadi. 


Jahonning aksariyat tillarida yuqorida sanab o‘tilgan va ma’no jihatidan unga yaqin fe’llar negizini


tashkil etadigan «bo‘lmoq» fe’li, o‘zining bevosita ma’nosidan tashqari, yordamchi fe’l sifatida ham 
faol ishlatiladi. Bu dalilga izohni inson tafakkuri tabiatidan izlash lozim bo‘lib, uning mantig‘i va
qonunlari fikrni bayon etishning til shakliga bog‘liq bo‘lmaydi, lekin, albatta, fikrlash mumkin bo‘lgan, 
universal va o‘zgarmas sifatida amal qiladigan va shu sababli har qanday mulohazaning tayanch
nuqtasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan nimagadir tayanishi lozim. Fikr qaratilgan narsa 
mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom
ma’noda universal fe’l (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o‘zbek tilida – «bo‘lmoq», 
«bor», ingliz tilida – «is», nemis tilida – «ist»va hokazo.
Shunday qilib, «borliq» va «yo‘qlik» kategoriyalarining o‘ziga xosligi, betakrorligi va universal 
ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy ma’nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular fe’ldan, aniqroq
aytgan da, «bo‘lmoq» fe’lidan (yoki uning inkoridan) hosil bo‘lgan tushunchalar hisob lanadi va 
narsaning o‘zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo‘qligini ko‘r satadi. Masalan, stol bor, yomg‘ir
yo‘q, oqlik bor, aks yo‘q, miya bor, g‘oyalar yo‘q va hokazo.Borliq tabiiy tillarda otlar, ravishlar yoki 
ravishdoshlar bilan ifodalanadigan, ya’ni bilishda uning ob’ekti yoki sub’ekti sifatida amal qiladigan
tushunchalar bilan tenglashtirilishi mumkin emas. Ayni zamonda bu ob’ektlaryoki sub’ektlarning 
birortasi ham uning borligi yoki yo‘qligini qayd etmasdan fikrlanishi mumkin emas.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin