Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə107/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

i) Imkoniyat va voqelik.



5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 


KATEGORIYALARI 

84
Imkoniyat va voqelik o‘zgarish va rivojlanish jarayonidagi narsa va hodisalarning ikki xil 


davrini, ikki xil holatini, bu davrlarning o‘zaro munosabatini o‘zlarida ifodalovchi


kategoriyalardir.


Voqelik
— bu hozir real mavjud bo‘lgan, yashab turgan narsa va hodisalardir. Lekin bu 
hodisalar rivojlanish jarayonida birdaniga hozirgi holatda bo‘lmay, balki dastlab imkoniyat
holatida bo‘lgan bo‘lib, ular o‘zlarining ma’lum kelib chiqish davriga, vaqtiga, tarixiga ega. 
Voqelik o‘zining paydo bo‘lish davridan oldin imkoniyat shaklida mavjud bo‘ladi.
Imkoniyat
— bu voqelikning kurtak holdagi ko‘rinishidir, u yuzaga chiqmagan voqelikdir. 
SHu bilan birga, imkoniyat voqelikni keltirib chiqaruvchi, rivojlanishning ob’ektiv va sub’ektiv
shart-sharoitlari ham bo‘lishi mumkin. Imkoniyat ob’ektiv qonuniyatlardan kelib chiqadi, ular 
tomonidan yaratiladi.
Imkoniyat va voqelik kategoriyalarini, ularning o‘zaro dialektikasini chuqur bilib olish 
kishilarning amalii faoliyatida, ilmiy tekshirish ishlarida katta ahamiyatga ega.
Imkoniyat va voqelik kategoriyalarining mazmuni ongdan tashqaridagi ob’ektiv olamdan 
olinadi. Bu kategoriyalar bir butun moddiy yoki ruhiy jarayonning ikki tomonini aks ettiruvchi,
o‘zaro dialektik munosabatdagi kategoriyalardir. Shuning uchun imkoniyat va voqelikni birbiridan 
farq qilish lozim, chunki ularni aralashtirib yuborish nazariyaning rolini inkor etishga, insonning
tabiat va jamiyatni o‘zgartiruvchi faoliyatini tushunmaslikka, amaliqtning ahamiyatini yo‘qqa 
chiqarishga olib keladi. Ularni aralashtirib yuborish yo‘q narsani bor, deb bilishga, yangining
kurash jarayonida eski ustidan g‘alaba qilishni ko‘rmaslikka olib boradi.
Imkoniyatlar yangi, endi vujudga kelayotgan, rivojlanayotgan va eski, umrini tugatayotgan
real kuchlar sifatida progressiv va konservativ bo‘lishi mumkin.
Eskilikni ifodalovchi imkoniyat rivojlanish jarayonida voqelikka aylanib qolishi ham
mumkin, lekin bu harakatning ichki qonuniyatidan, uning tub xarakteridan kelib chiqmaydi.
Shuning uchun eskilikni ifodalovchi imkoniyatning voqe bo‘lishi vaqtinchadir.
Imkoniyat voqelikka birdan aylanmaydi. U eski voqelik ichida, avvalo, kurtak shaklida 
mavjud bo‘lib, so‘ng rivojlanib borib, tobora reallasha boradi va ma’lum davrda, ma’lum
shartsharoit tufayli voqelikka aylanadi. Imkoniyat reallasha borgan sari, uning mavjud eski voqelik 
bilan kurashi ham keskinlashib boradi. Shunga ko‘ra, imkoniyatni formal, abstrakt va real
imkoniyatlarga ajratib o‘rganiladi. Quruq fikriy izchillik jihatidangina to‘g‘ri bo‘lgan, lekin real 
asosga ega bo‘lmagan imkoniyat formal imkoniyatdir. Formal imkoniyat ob’ektiv rivojlanish
qonuniyatlaridan kelib chiqmaydi. Shuning uchun ham u hech qachon voqelikka aylanmaydi.
Amalga oshishi uchun hali shart-sharoitlar to‘liq etilmagan, lekin amalga oshishi qonuniy
bo‘lgan, narsa va hodisaning o‘zgarish va rivojlanish mantig‘idan kelib chiquvchi imkoniyat 
abstrakt imkoniyat deyiladi. Abstrakt imkoniyat rivojlanish jarayonida ma’lum ob’ektiv va
sub’ektiv shart-sharoitlar etilganda, real imkoniyatga aylanadi.
Real imkoniyat — bu rivojlanishning asosiy tendensiyasini ifodalovchi, hozirgi sharoitda
uning ichki mohiyatidan kelib chiquvchi imkoniyatdir. Real imkoniyat konkret, ayni vaqtda 
amalga oshishi mumkin bo‘lgan imkoniyatdir.
Ijtimoiy taraqqiyotda imkoniyatning voqelikka aylanishida ob’ektiv shart-sharoit hal 
qiluvchi rol o‘ynaydi. Ob’ektiv shart-sharoitlar — bular inson onggidan tashqarida mavjud bo‘lgan
shart-sharoitlardir. Biroq jamiyatdagi real imkoniyatlarni voqelikka aylantirishda ongli 
faoliyatning roli ham g‘oyat kattadir. Buning ma’nosi shuki, jamiyat imkoniyatlarining voqelikka
aylanishida sub’ektiv omil muhim ahamiyatga ega. Sub’ektiv omil — bu xalq ommasi, uning 
ongliligi va aktiv amaliy faoliyatidan iborat. SHuning uchun ham imkoniyat va voqelik
dialektikasini o‘rganish masalasi jamiyatni boshqarishda juda katta ahamiyatga ega. Bunda 
sub’ektiv omil ob’ektiv shart-sharoitlarga asoslanadi. Ularsiz sub’ektiv omilning o‘zi hech narsani





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin