Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


Sivilizatsiyalarning tiplari



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə142/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Sivilizatsiyalarning tiplari.
Noevropacha sivilizatsiyalar ancha kata guruhni tashkil etadi 
(A.Toynbi tasnifiga ko‘ra, bunday sivilizatsiyalar 21 ta). Bu sivilizatsiyalarning aksariyati betakror
tarzda o‘ziga xos va ayni vaqtda, umumiy tipologik jihatlarga ega. Bular evropacha 
sivilizatsiyadan ancha oldin vujudga kelgan an’anaviy sivilizatsiyalardir. An’anaviy jamiyat juda
sust rivojlanadi va mavjud hayot tarzini asrlar va hatto ming yilliklar osha saqlashga qodir. 
Noevropacha sivilizatsiyalarning xo‘jalik faoliyati qishloq xo‘jalikhunarmandchilik ishlab
chiqarishi va texnologiyasining hukmronligiga asoslanadi. An’anaviy sivilizatsiyaning ma’naviy 
sohasida diniy-mifologik tasavvurlar hukm suradi, ilmiy bilimlarning dastlabki shakllari asosan
mavjud faoliyat turlari uchun retseptura vazifasini bajaradi. Noevropacha sivilizatsiyalar 
evolyusiyasi siklliligi va o‘ziga xos institutlar va normalarga ega bo‘lgan davlat vaqti-vaqti bilan
dam kuchayib, dam zaiflashib turishi bilan tavsiflanadi. Bunday jamiyat halokati sivilizatsiya 
tipini o‘zgartirmaydi, u ijtimoiy vorisiylik mexanizmlari yordamida avloddan-avlodga o‘tadi.
Evropacha sivilizatsiya ijtimoiy va madaniy rivojlanishning alohida tipii bo‘lib, u Evropada 
taxminan XV–XVII asrlarda shakllangan. Uning o‘tmishdoshlari antik dunyo madaniyatlari va
Evropa xristiancha an’anasidir. Uyg‘onish davrida bu ikki an’ana sintezi texnogen 
sivilizatsiyaning teran o‘ziga xosligini va uning texnika va texnologiya jadal sur’atlarda
rivojlanishini, odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar tubdan o‘zgarishini ta’minlagan madaniyatini 
shakllantirdi. Uning zamirida huquqiy davlatning vujudga kelishi, shaxs o‘z tashabbuskorligi,
faolligi va mustaqilligi bilan oliy qadriyat sifatida ijtimoiy hayot markazidan o‘rin olishi yotadi. 
Odamlar o‘rtasida muloqotning faollashuvi va samarali kommunikatsiya vositalari paydo bo‘lishi
26
А.де Токвиль. Избранные произведение. –М.: 2003 г. с. 45.

27

Karimov I.А. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari 


- Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. T. 6. – T.: O‘zbekiston, 1998. – 151-b.
5
Karimov I.А

. Tarixiy xotirasiz


kelajak yo‘q. –T.: «Sharq», 1998 y. 21-b. 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin