Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə143/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 

JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI

107
texnogen sivili- zatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Madaniyatda ilmiy


oqilonalikalohida o‘ziga xos qadriyat sifatida hukm suradi. Inson tabiatni faol va oqilona tarzda 
o‘zgartirishiga imkoniyat yaratgan qonunlarning kashf etilishi fanning ustunligini tasdiqlaydi.
Unda yangilik va unumdorlik, biluvchi sub’ektning bilimi, erkinligi va mustaqilligini tinimsiz 
oshirish talablari shakllanadi.
O.Toffler, D.Bell, K.Pekka ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini tasniflash uchun 
asos qilib olib,

quyidagi sivilizatsiyalarni farqlaydilar: – ilk sivilizatsiya (arxaik, an’anaviy yoki 

ibtidoiy jamoa); 


qishloq xo‘jalik-hunarmandchilik sivilizatsiyasi; 



industrial (sanoatlashgan) sivilizatsiya; 



hozirgi postindustrial yoki informatsion sivilizatsiya. 


Madaniyat, uning tuzilishi va ijtimoiy funksiyalari.
«Madaniyat» atamasi arabcha – «madina»
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «shahar», degan ma’noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki 
turga ajratib, birini – badaviy yoki sahroyi turmush, ikkinchisini – madaniy turmush, deb ataganlar.
Tugab borayotgan Rim imperiyasida, keyinchalik esa, O‘rta asrlarda ham madaniyat tushunchasi 
shahardagi turmush tarzi va sivilizatsiya ne’matlari bilan bog‘langan. Markaziy Osiyoda
madaniyat axloq ko‘rinishida shakllangan. SHu bois, eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha 
ham yurtimizda ma’naviy madaniyat, go‘zallikka intilish, san’atni qadrlash kabilar ustuvorlik
qiladi. Uyg‘onish davrida madaniyat shaxsiy barkamollik belgisi sifatida qaralgan. Shu davrda 
madaniyatni ma’naviy faoliyatning turli sohalari: vujudga kelayotgan fan, axloq, san’at, falsafa,
din bilan bog‘lash odati paydo bo‘lgan. Madaniyat xulq-atvor andozalari majmui sifatida, 
ma’naviy faoliyat antik an’anasining davomi sifatida e’tirof etilgan. Shu ma’noda madaniyat
tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomaladan o‘rin olgan XVIII asrgacha amal qilgan. Ma’rifat davri 
faylasuflari madaniyatga inson faoliyatining alohida mustaqil va o‘ziga xos jabhasi sifatida
qaraydilar. Ularning talqinida, jamiyat va shaxs hayotining barcha sohalarida aql, oqilonalik 
tamoyillarining qaror topishi madaniyatning eng muhim jihatidir. Aqlning vazifasi insoniyat
oldiga umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarni qo‘yish va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘ziga 
bo‘ysundirishdan iborat. Ma’rifat davrida madaniyat deb hisoblash mumkin bo‘lgan narsalarni
saralash mezonlari yaratildi. Madaniy faoliyat intellektual, ijodiy, samarali, novatorlik ruhi bilan 
sug‘orilgan bo‘lishi, ya’ni nafaqat yaratishi, balki inson imkoniyatlari sohasini tinimsiz
kengaytirishi lozim edi. Ammo, madaniyatning asl mohiyati, uning o‘ziga xosligi inson aqlining 
mutlaq erkinligi sifatidagi ma’naviy faoliyat doirasi bilangina cheklanardi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin