Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə192/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

10-MAVZU. 

MANTIQ 

ILMINING 

PREDMETI, 

ASOSIY QONUNLARI.


TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 

144


etadi.Argumentlash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir. Ishonch-e’tiqod 
esa, insonning komillik mezonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ishonch –e’tiqod- bu kishillarning xulq-atvori va hatti –harakatini belgilab beradigan 

qarashlari va tasavvurlaridir.


Vatanimizning gullab-yashnashi, barqaror rivojlanishi ma’lum bir darajada 

yoshlarning chuqur bilimga, mustahkam ishonch-e’tiqodga va, umuman, komil


inson bo‘lishlariga bog‘liq. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 
I. A. Karimov shunday deb ta’kidlagan: «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi
yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘la oladigan, 
bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar
bilan aldab bo‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z 
fikr-o‘yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi etuk odam bo‘ladi».
Chuqur tahlilga, mantiqqa asoslanmagan bir yoqlama fikr odamlarni chalg‘itadi. 

Faqat bahs-munozara, tahlilga asoslangan to‘g‘ri xulosalargina haqiqatni bilishga


yo‘l ochadi. 
Bahs, munozara yuritishning, chin fikrlarni isbotlay bilishning, xato fikrlarni rad 

etishning o‘ziga xos qonun-qoidalari mavjud. Bu qoidalarni bilish har bir insonga,


shu jumladan, talabalarga chin fikrni xato fikrdan ajrata bilish, to‘g‘ri tafakkurlash 
madaniyatini shakllantirish imkonini beradi.
Mantiq ilmining fan va texnika taraqqiyoti uchun ahamiyati 

Mantiqiy kategoriyalarning universal harakterga ega bo‘lishi ularni bilishda, ishlab 


chiqarish jarayonlarida, texnika tarmoqlarida ixtisoslashtirilgan holda tadbiq etish
imkoniyatini tug‘diradi. Bu esa, mantiqdan turli fanlarning konkret masalalarini hal 
qilishda foydalanishning keng imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
Fanning tobora rivojlanib borishi, borliqning murakkab qonunlarining kashf etilishi 

ilmiy bilish metodi va mantiq apparatini shunga moslashtirishni, tafakkurning har


bir konkret masala xaqida aniq, xatosiz, tez hulosalar bera olishini talab qiladi.
Ilmiy va texnik jarayonning bunday talabi natijasida turli fanlarga ixtisoslashgan 

mantiq tarmoqlari vujudga keldi.


Fan qadriyatlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega. U katta ilmiy saloxiyatni, ijodiy kuch 

– quvvatni birlashtiradi, millat dunyoqarashini shakllantiradi, ta’lim – tarbiya, axloq


me’yorlarini vujudga keltiradi, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalaydi, 
mamlakatda qudratli ilmiy potensialni yaratishga xizmat qiladi.
Mantiqni bilish, ayniqsa, ilm fan bilan shug‘ullanish, ilmiy - tadqiqot ishlarini olib 

borish, borgan sari ko‘payib borayotgan ilmiy axborotlarni tartibli ravishda


o‘zlashtirish, ilmiy masalalarning tuzilishini tez bilib olish uchun ham muhim rol 
o‘ynaydi. Mantiqning ilmiy – nazariy ishlar hamda insonning amaliy faoliyati uchun
bo‘lgan ahamiyatini alohida uqtirish bilan birga, chin hulosa chiqarishning hal 
qiluvchi sharti – hayotni chuqur o‘rganish, har bir voqelikdagi hollarni mantiq
talablari asosida bilish zarur.
Mantiq fanining fikr yuritish madaniyatini o‘stirishdagi ahamiyati 






Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin